Aksiyadorlik tijorat «Qişloq quriliş bank» Boşqaruvi rahbarlari respublika hududlarida aholi va tadbirkorlar bilan sayyor qabullarni ötkazmoqda.

Bank Boşqaruvi raisi Bahodir Mullaxonov 20 avgust kuni Qoraqalpoğiston Respublikasining Çimboy va Qönğirot tumanlarida ötkazilgan  ana şunday tadbirlarda  qatnaşdi.

Bank Boşqaruvi raisi örinbosari Farhod Ğofurov 19-21 avgust kunlari Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida va Qarşi şahrida, Surxondaryo viloyatining Qumqörğon, Sariosiyo, Şörçi, Jarqörğon tumanlarida va Termiz şahrida tadbirkorlar va aholi vakillari bilan muloqot qildi.

Bank Boşqaruvi raisi örinbosari Alişer Murotov iştirokidagi sayyor uçraşuvlar Namangan viloyatining Pop tumanida, Namangan  va Andijon şaharlarida bölib ötdi.

Tadbirlarda iştirokçilarning köplab  murojaatlari körib çiqildi. Köplab murojaatlar sayyor uçraşuvlar davomida öz yeçimini topdi. Aholi va tadbirkorlarni qiziqtirgan barça masalalar böyiça tuşuntirişlar berildi.

Oçiq muloqot ruhida ötgan tadbirlarda tadbirkorlar öz faoliyatiga xalal berayotgan muammolarni bildirdilar va qator takliflar örtaga taşlandi. Bank tarkibiy tuzilmalari rahbarlariga eksport qiluvçi korxonalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş böyiça topşiriqlar berildi.

«Qişloq quriliş bank» vakillari sayyor uçraşuvlar doirasida hududlardagi qator kiçik biznes sub'yektlarida ham bölişib, tadbirkorlarning işlab çiqariş quvvatlarini texnologik yangilaş, eksportni oşiriş va qöşimça iş örinlari yaratişga qaratilgan biznes loyihalarini örgandilar. Endilikda mazkur biznes loyihalarni moliyalaş çora-tadbirlari amalga oşirilmoqda.

Sayyor uçraşuvlar mijozlar bilan muloqotning samarali formati sifatida öziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Bölib ötayotgan tadbirlar aholining va tadbirkorlarning bank xizmatlariga munosabatini ham aniqlaşga yordam bermoqda. Bu esa bankning barqaror rivojlanişida va zamonaviy xizmatlar kölamini kengaytirişda dolzarbdir.

«Qişloq quriliş bank» - farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uçun: 

Telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBANK

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida