Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi Konsullik bölimi bergan ma'lumotga köra, 2019 yilning 20 avgust kuni Ryazan oblastidagi sobiq «Ximvolokno» zavodi hududida neft mahsulotlarini saqlaş omborini tozalayotganda 4 nafar Özbekiston fuqarosi zaharlandi.
TIV xabarida tasdiqlanişiça, ulardan biri - Z.A. voqea joyida vafot etdi, ikki nafariga tibbiy yordam körsatilmoqda, bir nafariga esa vraçlar tomonidan ruxsat berilgan.
Elçixonaning Konsullik bölimi vaziyatni öz nazoratiga olgan hamda Ryazan viloyatidagi özbek diasporasi va Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva şahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuboriş böyiça taşkiliy va boşqa masalalar bilan şuğullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatişiça, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva şahri, Moskva oblasti, Orlov/Oryol oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva şahridagi elçixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.













