«Katta yettilik» davlatlari Biarrits şahridagi uçraşuv vaqtida Rossiyani guruhga qaytariş masalasini muhokama qilişdi. 

AQŞ prezidenti Donald Tramp uçraşuvdan avvalroq «Katta sakkizlik»ni tiklaşga qarşi emasligini aytayotgandi, qolgan a'zolar esa Rossiyani qaytarişga tayyormasligi ma'lum böldi.

«Rossiya qaytişini istaydigan odamlar bor. Menimça ham bu köpçilikka foydali böladi. Menimça ham bu ijobiy qadam. Men bilan hamfikrlar bor va biz buni muhokama qilamiz», degandi Tramp sammitdan oldin jurnalistlar qarşisida.

Frans-Press xabariga köra, uçraşuvda taşkilotning boşqa a'zolari Rossiyani guruhga qaytarişga hali juda erta ekanini bildirişgan.

Donald Tramp esa rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putinni «yettilik»ning 2020 yilda AQŞda ötadigan sammitiga mehmon sifatida taklif qilmoqçi.

Tramp avvalroq ham Rossiyani «Katta yettilik»ka qaytarişni «maqsadga muvofiq qaror» deb atagandi. «Bu «Sakkizlik» bölişi kerak, çunki Rossiya bilan boğliq juda köp masalalar bor», degandi Tramp.

Yevropa Kengaşi rahbari Donald Tusk esa amerikaliklar prezidenti bilan hamfikr emas. Uning sözlariga köra, G7 davlatlarida Rossiyani qaytarişga şoşilmaslik uçun 2014 yildagidan köra köproq savollar bor.

Putin: heç narsadan boş tortmaymiz

«Bir yil muqaddam Kanadada prezident Tramp Rossiyani G7 a'zoligiga qaytarişni taklif qilib, Qrim anneksiyasi qisman oqlangani haqida oçiq gapirgandi. Ammo biz bunga qöşila olmaymiz. Biz har qanday şart evaziga ham bunday mantiq bilan kelişa olmaymiz», dedi Tusk.

Biarritsdagi diplomatik manbalar ma'lumotiga köra, G7 yetakçilari Ukraina şarqidagi vaziyatni hal qiliş uçun Rossiya bilan hamkorlikni mustahkamlaş va kengaytirişga qarşi emas. Ammo «Katta yettilik»dagilar G8 formatiga qaytiş uçun hali juda erta deb hisoblaydilar.

Ötgan hafta avvalida Germaniya, Fransiya va Britaniya hukumatlari ham Rossiyani qaytariş taklifini qöllab-quvvatlamasligi ma'lum bölgandi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hozir Moskvaning guruhga qaytarilişi strategik xato bölişi, faqat Ukraina şarqidagi inqiroz hal qilinsagina «Katta sakkizlik» formatiga qaytilişini bildirdi. Uning sözlariga köra, bu masala hal qilinişi Rossiyaning guruhga qaytişi şartidir.

Vladimir Putin esa G8 ortiq mavjud emasligi va Rossiya «Yettilik» bilan işlaşga hamişa tayyorligini ma'lum qildi.

Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, AQŞ va Yaponiyadan tarkib topgan «Katta yettilik» sammiti 24-26 avgust kunlari mobaynida Fransiyaning Biarritse şahrida ötkazilmoqda.

2018 yilning iyunida Kanada mezbonlik qilgan sammit vaqtida ham Tramp Rossiyani «Yettilik»ka qaytariş taklifini bergandi. Ammo öşanda ham boşqa davlatlar yetakçilari bu ğoyaga qarşi çiqişgandi. Faqat Italiyaning öşa vaqdagi boş vaziri Juzeppe Konte Trampning fikriga qöşilgandi.

Jahonning yetakçi iqtisodiy derjavalari forumi Rossiya iştirokida ilk marta 1998 yilda taşkil etilgandi. Ammo 2014 yilning iyunida, Qrimni bosib olgani va Ukraina janubi-şarqida harbiy harakatlar boşlanganidan keyin Rossiya taşkilotdagi a'zoligini töxtatgandi. Öşanda «sakkizlik»ka a'zo davlatlar Rossiyaning harakatlaridan norozi bölgan va Soçiga bormaslikka qaror qilişgan, Bryusselda «yettilik» — G7 (Fransiya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Germaniya, Yaponiya, Italiya va Kanada) sammiti bölib ötgandi.