Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagida bölgan fuqarolar uçun zamonaviy öquv kurslarini taşkil qiliş va ötkazişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boşqariş, monopoliyaga qarşi kuraşişni tartibga soliş tizimini va kapital bozorini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-sonli Farmoniga muvofiq Tadbirkorlik faoliyati asoslarini öqitiş respublika markazi Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yurituviga berilgan.

Markaz Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Toşkent şahri, Mirobod tumani, Amir Temur köçasi, 6-uy manzilidagi ma'muriy binosining bir qismiga belgilangan tartibda ijara şartnomasi asosida joylaştiriladi.

Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalaştiriş manbalari hisoblanadi:

Markazning joriy ştatidagi xodimlariga iş haqi uçun Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablağlar;

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi “Davlat aktivlarini boşqariş, monopoliyaga qarşi kuraşişni tartibga soliş tizimini va kapital bozorini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5630-sonli Farmoniga muvofiq Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boşqariş, transformatsiya va xususiylaştiriş jamğarmasining Palataga tuşadigan maqsadli ravişda tadbirkorlikni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, şu jumladan tadbirkorlar uçun taşkil etiladigan öquv kurslarini moliyalaştirişga yönaltiriladigan mablağlari;

Markazga davlat va nodavlat taşkilotlari uçun maqsadli öqitişni taşkil qiliş böyiça şartnomalar asosida qöşimça jalb qilinadigan mablağlari; 

xalqaro moliya taşkilotlari va xorijiy hukumat taşkilotlari hamda boşqa taşkilotlarning grant mablağlari;

manfaatdor taşkilotlarning xomiylik mablağlari; 

xöjalik faoliyatidan olingan mablağlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalarning mablağlari.

Quyidagilar Palataga tavsiya etildi:

Markazning hududiy filiallari Palataning hududiy bölinmalarining binolariga joylaştiriş;

xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq tölaş jamğarmasi doirasida Markaz tuzilmasiga özgartirişlar kiritiş;

Markaz faoliyati hamda öquv kurslari tinglovçilari uçun zarur bölgan öquv materiallar va tarqatma materiallarni qayta inventarizatsiyadan ötkaziş hamda zarurat bölganda, yangi öquv materiallarini işlab çiqiş.

Belgilab qöyilişiça:

Palata yurituviga ötişi jarayonida balansdan balansga beriladigan Tadbirkorlik faoliyati asoslarini öqitiş respublika markazi va uning hududiy filiallarining mol-mulklari daromad soliği obekti hisoblanmaydi;

Markaz va uning hududiy filiallari tomonidan aholi va tadbirkorlar uçun öquv kurslarini taşkil etiş uçun egallanadigan va foydalaniladigan davlat mulki bölgan bino va xonalarning maydonlariga hamda oliy va örta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari auditoriyalaridan ta'lim jarayonidan böş vaqtlarida foydalaniladi.

Markaz va uning hududiy filiallari tomonidan tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagida bölgan fuqarolar uçun taşkil etiladigan bepul öquv kurslariga vazirliklar, idoralar va boşqa davlat taşkilotlarining mutaxassislarini öqituvçi sifatida jalb etiş tegişli vazirliklar, idoralar va davlat taşkilotlari hamda Markaz örtasida tuzilgan şartnomaga muvofiq mutaxassislarni yuborgan vazirliklar, idoralar va boşqa davlat taşkilotlarining budjetdan taşqari mablağlari hisobiga hamda Markaz tomonidan haqiqatda ötkazilgan öquv soatlari sonini tasdiqlovçi ma'lumotlarga köra amalga oşiriladi.