Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni Samarqand şahrida «Şarq taronalari» xalqaro musiqa festivali oçiliş marosimi oldidan 40dan oşiq davlatdan kelgan 100dan ortiq blogerlar va mahalliy jurnalistlar bilan uçraşdi.
«Sizlar bilan qadimgi sivilizatsiya beşigi bölgan Samarqandda uçraşib turganimdan xursandman. Sizlar Özbekiston qanday buyuk tarixga ega ekanligini öz közlaringiz bilan körasiz va bu haqda butun dunyoga yetkazasiz. Buning uçun sizlarga rahmat.
Eng asosiysi, köp gapiriş, muhokama qiliş, tanqid qiliş mumkin, lekin Özbekiston keyingi vaqtda dunyoga oçilayotgani va butun dunyoga haqiqatni körsatayotganiga özingiz guvoh bölmoqdasiz. Bizning maqsadimiz xalqqa xizmat qiliş, xalqning farovonligini oşiriş.

Mamlakatimizdagi islohotlarni, madaniyatimiz, tarixiy obidalarimizni butun dunyoga tarannum etişda blogerlarning örni katta ekani ta'kidlandi.
«Sizlarni jonajon Özbekistonimizda, qadimiy sivilizatsiya markazi Samarqandda körib turganimdan juda xursandman. Bugun biz Özbekistonning yangi tarixini yaratyapmiz. Maqsadimiz - xalqimizga xizmat qiliş, odamlarni rozi qiliş va kelajakka işonç bilan qaraşini ta'minlaş. Bunga sizlar ham hissa qöşasizlar deb işonaman», - dedi Prezident.
«Orangizda özimizning qoraközlarimizni körib turibman. Bu menga iftixor bağişlaydi. Bilingki, Prezident sizlarni doim qöllab-quvvatlaydi», - deya ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.
Muloqot söngida Prezident blogerlar bilan suratga tuşdi, ularning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.



















