Antaliya şahrida bölib ötayotgan Jahon iqlim sammiti doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti Nataşa Pirs Musar bilan uçraşdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ötgan yili Sloveniyaga amalga oşirilgan taşrif davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Tovar ayirboşlaş hajmi ösgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Transport, şaharsozlik, muhim mineral resurslar va farmatsevtika sohalarida kooperatsiyani rivojlantiriş hamda madaniy va turistik almaşinuvlarni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar özaro şeriklikni, şu jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik doirasida yanada mustahkamlaşdan manfaatdor ekanini tasdiqladilar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Bangladeş boş vaziri Toriq Rahmon bilan uçraşdi.

Samimiy muloqotda Özbekiston – Bangladeş munosabatlarini yanada faollaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Sönggi yillarda ikki tomonlama aloqalar jadal tus olgani, tovar ayirboşlaş hajmi ösgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uçraşuvda özaro hamkorlikni rivojlantiriş va uni amaliy mazmun bilan boyitiş, jumladan, siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy şeriklik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirişga kelişib olindi.

Şuningdek, xalqaro taşkilotlar doirasidagi özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şu bilan birga, Şavkat Mirziyoyev BMT Boş kotibining örinbosari, BMT Çöllanişga qarşi kuraşiş konvensiyasi ijroçi kotibi Yasmin Fuad bilan uçraşdi.

Çöllanişga qarşi kuraşiş, tanazzulga uçragan yerlarni tiklaş va iqlim özgarişi oqibatlarini bartaraf etiş sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.