Joriy yilning 12 iyul kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oşirilişi töğrisidagi farmonini imzoladi.

Hujjatda qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq tölaş, pensiyalar va boşqa tölovlar miqdorlarini aniqlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi PF–5723-son farmoniga muvofiq 2019 yilning 1 sentyabridan eng kam iş haqi miqdori (EKIH) örniga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (MHEKM), bazaviy hisoblaş miqdori va pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori kiritilmoqda.

MHEKM lavozim maoşi, ustama, qöşimça pul, gonorarlar, qöşimça iş uçun kompensatsiya tölovlari, oziq-ovqat, yöl va rağbatlantiruvçi boşqa turdagi tölovlar, iş haqini hisoblaşda qöllaniladigan çegara miqdor, qonunçilik bilan belgilangan çegirib qoliş hamda iş haqi miqdoriga boğliq bölgan boşqa tölovlar aniqlaş maqsadida mehnat munosabatlari sohasida qöllaniladi.

MHEKM egalik şakli va mehnat munosabatlaridan qat'i nazar, belgilangan mehnat normalarini töliq bajargan işçilar mehnatiga haq tölaşning past çegarasi sifatida barça iş beruvçilar uçun majburiy böladi.

Bazaviy hisoblangan summa soliqlar, yiğimlar, jarimalar, davlat bojlari, stipendiyalar va taqdim etiladigan davlat xizmatlari uçun boşqa tölovlar miqdorini aniqlaş, şuningdek, oilaning ijtimoiy qöllab-quvvatlovga muhtojligini aniqlaşda qöllaniladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq tölaş, pensiyalar va boşqa tölovlar miqdorlarini aniqlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi PF–5723-son farmoni 1-bandida:

ikkinçi xatboşidagi “577 170” raqami “634 880” raqami bilan almaştirildi (mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori);

uçinçi xatboşidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almaştirildi (bazaviy hisoblaş miqdori);

törtinçi xatboşidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almaştirildi (pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori).