BMW kompaniyasi yoruğlikni 99 foizga yutuvçi maxsus böyoq bilan qoplangan X6 kupe-krossoverini işlab çiqardi. Bu qoplama bugungi kunda dunyodagi eng qora qoplama hisoblanadi. Bu haqda Motor1 naşri yozdi.

2020 yilgi BMW X6’ning yangi suratlari krossoverning taqdimoti oldidan e'lon qilingan. Taqdimot sentyabrda Frankfurtdagi avtosalonda bölib ötadi.

Maşinaning qoplamasi Vantablack VBx2 deb atalib, u maşinani dunyodagi eng qora maşinaga aylantirgan.

Bunday qora qoplama ğoyasi maksimal ilğanmaydigan modelni yaratişdan iborat bölgan. Uşbu qora qoplama maşinaning stili ilğanişini murakkablaştiradi. 

Qoplama suratlarda yangi modelning biror-bir detallarini körişga imkon bermaydi. Transport vositasi çiroqlari va bir neçta qismlaridan taşqari, qora böşliqdek körinadi.

Maşinaning öziga kelsak, u 3 litrli 335 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlanadi. Dvigatel bilan birga 8-poğonali “avtomat korobka” işlaydi.