Yangi BMW i3 50L elektr sedani Xitoydagi yöl sinovlari davomida qayta quvvatlanmasdan 1213 km masofani bosib ötdi. Bu haqda Car News China naşri xabar berdi.

Avtomobil belgilangan manzilga akkumulyatorning 1 foiz qoldiq quvvati bilan yetib keldi. Bosib ötilgan masofa eʼlon qilingan yuriş zaxirasining 118 foizini taşkil etdi, bu esa brendning uzoq masofaga yuriş sinovlaridagi yangi rekordiga aylandi.

Sinov vaqtida örtaça elektr energiyasi sarfi 100 km uçun atigi 8,8 kVt·soatni taşkil etdi. Şu bilan birga, yönaliş avtomagistrallar, oddiy yöllar va şahar köçalarini öz içiga olgan edi.

BMW i3 50L yangi Neue Klasse elektr platformasi negizida yaratilgan. Sinovdan ötkazilgan sedan 113,4 kVt·soat siğimli akkumulyator va 800 voltli arxitektura bilan jihozlangan. BMW i3 50L modelini seriyali işlab çiqariş va Xitoy bozoriga olib çiqiş 2026-yil törtinçi çoragiga rejalaştirilgan.

Sinovlar BMW kompaniyasining Xitoyning Şenyan şahridagi zavodida oltinçi avlod akkumulyatorlarini seriyali işlab çiqariş boşlanişi munosabati bilan ötkazildi.