BMW kompaniyasi iX3 va i3 modellari bilan bir qatorda Neue Klasse turkumidagi uçinçi model bölgan yangi iX4 elektr krossoverini eʼlon qildi. Yangi avtomobilning öziga xos jihati - brendning anʼanaviy krossoverlariga nisbatan tom qismining qiyaroq tuşgan çiziğidir. Standart talqinda avtomobil M Sport uslubidagi bezaklarga ega böladi.

iX4 50 xDrive modeli 2027-yil mart oyida sotuvga çiqariladi. AQŞ hududidagi boşlanğiç narxi 66 200 dollarni (taxminan 780 mln söm) taşkil etadi, deb aniqlik kiritdi Carscoops naşri. Işlab çiqariş Debretsen (Vengriya) şahridagi BMW zavodida yölga qöyiladi.

Sotuvlar boşlangan ilk davrda barça jamlanmalar töliq taqdim etilmaydi.

iX4 50 xDrive texnik tavsiflari

  • Dvigatel: ikkita elektromotor, töliq ğildirakli uzatma (AWD); quvvati - 463 ot kuçi (345 kVt), aylanma lahzasi - 644 N·m.

  • Dinamikasi: 0–96 km/soat tezlaniş - 4,7 soniya, maksimal tezligi - 209 km/soat.

  • Batareya va yuriş zaxirasi: foydali siğimi - 112,2 kVt·soat, hisoblangan maksimal yuriş zaxirasi - 689 km.

  • Quvvatlaş: 800 voltli arxitektura, 400 kVt gaça bölgan DC tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi. Qulay şaroitlarda 10 daqiqada yuriş zaxirasini 296 km gaça töldiriş mumkin; 10 dan 80 foizgaça quvvatlaş 21 daqiqa vaqt oladi. Şuningdek, ikki yönalişli quvvatlaş tizimi ham mavjud.

Keyinroq, 2027-yilda quvvati oşirilgan iX4 M60 xDrive modifikatsiyasining taqdimoti kutilmoqda. Model umumiy quvvati 612 ot kuçiga teng dvigatellar bilan jihozlanadi, elektromobil 100 km/soat tezlikka esa 3,7 soniyada erişadi.

iX4 M60 modeli M moslaşuvçan podveskasi, M Sport elektron orqa differensiali, takomillaştirilgan şassi sozlamalari hamda standart 21 dyuymli ğildiraklar bilan taʼminlanadi. Qöşimça opsiya sifatida BMW poyga avtomobillaridan ilhomlangan sariq rangli çiroqlar taklif etiladi.