AQŞ prezidenti Donald Tramp qişloq xöjaligi vaziri Sonni Perdyuga Alyaskadagi Tongass milliy qöriqxonasi örmonlarini kesişga bölgan taqiqni bekor qilişga topşiriq berdi. Bu haqda Washington Post öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Maydoni 6,6 mln gektarga yaqin örmonlarni kesişga bundan qariyb 20 yil avval taqiq qöyilgandi.

Naşrning qayd etişiça, Tramp "örmon xöjaligini boşqariş" bilan şaxsan qiziqib qolgan.  

Agarda taqiq olib taşlansa, dunyodagi eng yirik bölgan, heç kimning qöli tegmagan örmonning yarmidan ortiği kesilişi mumkin.