Özbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy safari doirasida innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoyning ilm-fan va texnika vaziri Van Çjigan bilan uçraşdi. 

I. Abdurahmonov Innovatsion rivojlaniş vazirligi Özbekiston—Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qömitasining ilmiy-texnikaviy hamkorligi doirasida “Iqtidorli yoş olimlar” dasturi böyiça işlar olib borilayotganini gapirarkan, mana şu dastur orqali munosabatlar yanada mustahkamlanişini qayd etdi.
 
- Ayni kunlarda Özbekiston Respublikasining yoş olimlari XXRning yetakçi ilmiy muassasalarida stajirovka kurslarini ötaş uçun jönatilişiga doir tanlov e'lon qilingan bölib, tanlovga arizalar topşiriş jarayoni davom etmoqda, - dedi Innovatsion rivojlaniş vaziri. - Joriy yilning sentabr oyida esa 20 ta maqsadli loyihalar tanlovi e'lon qilinadi. Tanlov ğoliblarining loyihalari 2020 yilning yanvar oyidan Özbekiston va Xitoy tomondan moliyalaştiriladi.
 
Xitoyning ilm-fan va texnika vaziri Van Çjigan mazkur tanlovni ötkaziş va moliyalaştiriş reglamenti yaqin kunlarda özbekistonlik hamkorlarga jönatilişini, va özaro kelişilgan holda şaffoflik va oçiqlikka asoslangan tanlov qonun-qoidalari tasdiqlanişini aytdi.
 
- Özbekistonlik yoşlarning Xitoyda ta'lim olişi kelajakda hamkorlikda amalga oşiriladigan işlarning sifatini kötarişga qaratilgan, - dedi xitoylik vazir. - Yoşlar jamiyatning eng muhim böğinidir, kelgusida foyda oliş istagimiz bor ekan, avvalo, yoşlarga investitsiya qilişimiz kerak.
 
Tomonlar, şuningdek, Özbekiston–Xitoy qöşma texnoparklarini yaratiş va rivojlantiriş borasida ham fikrlar almaşdilar. Xususan Özbekistondagi texnopark xodimlari va rezidentlaridan iborat mutaxassislar Xitoyda sohaga doir amaliyotdan ötişlari borasida kelişildi. Bundan taşqari, Xitoy bilan hamkorlikda dori vositalari substansiyalari (biologik faol moddasi)ni kimyoviy sintez qiladigan qöşma tibbiyot texnoparki taşkil etiş masalasi körib çiqildi.