AQŞ prezidentining rafiqasi Melanya Tramp yurti – Sloveniyada Donald Trampning yoğoç haykali örnatildi. Bu haqda The Washington Post naşri xabar berdi.  

Haykal AQŞ birinçi xonimining bolaligi ötgan, poytaxt Lyublyanadan 30 km uzoqlikda joylaşgan Sevnitsa qişloğida örnatilgan.

Haykalning balandligi 8 metrça bölib, Tramp unda kök kostyum va qizil galstukda jahldor qiyofada va muştini yuqoriga kötargan holda tasvirlangan.
 
Haykal mualliflarining aytişiça, “jahldor yoğoç Tramp” “populizmga töla zamonaviy dunyoni” ifodalaydi.

Populizm siyosatda keng ommaning his-tuyğulari bilan öynaşiş, saylovoldi kuraşda maşhurlikka erişiş maqsadida asossiz va'dalar beriş usuli hisoblanadi.