Doğistonda politsiyaçilar Özbekistonning ikki nafar fuqarosini topişdi, ularni mahalliy aholi vakillari iş masalasida çuv tuşirib ketgan. Er-xotin köçada muşkul ahvolda qolgan, deb xabar berdi Doğiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

IIVning «işonç telefoni»ga özbekistonlik Hamid Saidov qönğiroq qilgan. U huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlaridan yordam söradi: muşkul holatda qolgan akasi Komiljon Matyoqubov va uning xotini Surayyo Nazarovani topiş hamda vatanga qaytariş.  

Iyun oyi boşida Sergey ismli şaxs ularni Mahaçqal'aga işga taklif etgan. U er-xotinni Arsen ismli kişi bilan taniştirgan, ular bu şaxsning qölida işlaşlari kerak edi. Er-xotin ikki oy davomida tekinga mehnat qilişga majbur böldi - ovqat va tegişli ruxsat beruvçi hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun. Biroq, Arsen oradan uç oy ötib er-xotinni köçaga haydab çiqargan va işlab topgan pullarini bermagan.

Özbekistonlik er-xotin qiyin ahvolda qolgan - özga yurtda, tilni bilmagan holda, pulsiz.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by MVD Dagestana (@mvd.dagestan) on

- Levaşin tumani politsiyaçilari Özbekiston fuqarolari qayerda ekanini aniqlab, ularni tuman bölimiga olib kelişdi hamda yaqin vaqt içida vatanga qaytişlariga yordam beradilar, - deya xabar qilgan Doğiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.