AQŞning “Tolibon” harakati bilan kelişuvi loyihasi AQŞ qöşinlarining Afğonistondan 4,5 oy davomida olib çiqilişini közda tutadi. Bu haqda AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod ma'lum qildi.
Xalilzodning aytişiça, kelişuv imzolangandan keyin “AQŞ kuçlari 5 ta bazani 135 kun davomida tark etadi”. Uning ta'kidlaşiça, tomonlar muhim kelişuvga erişişgan, biroq uni AQŞ prezidenti Donald Tramp imzolamagunça u yakuniy hisoblanmaydi.
Şu bilan birga Afğoniston prezidenti maslahatçisi Vohid Umar kelişuv loyihasi prezident Aşraf Ğani Ahmadzoyga taqdim qilinganini ma'lum qilgan. Ahmadzoy öz navbatida Xalilzod bilan uçraşgan va AQŞ maxsus vakili unga AQŞ va “Tolibon” örtasidagi oxirgi muzokaralar haqida sözlab bergan.
AQŞ oxirgi oylarda Afğonistonda öt oçişni töxtatiş va xorijiy qöşinlarni olib çiqiş böyiça muzokaralar olib bormoqla.
“Tolibon” harakati Afğonistonda fuqarolik uruşi avj olgan vaqt – 1994 yilda taşkil topgan. 1996-2001 yillar davomida toliblar hokimiyatni egallaşgan, biroq 2001 yilda ağdarilgandan keyin hukumat qöşinlari va NATO kuçlari bilan partizan uruşini boşlagan. Ayni vaqtda toliblar va Afğoniston hukumati siyosiy murosaga erişiş yöllarini qidirişmoqda.












