30 avgust kuni ilk bor respublikadagi umumta'lim maktablari reytingi e'lon qilingandi.
Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov boşçiligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida maktablar reytingini aniqlaş jarayonida uçragan soxtalaştiriş holatlari haqida ma'lumot berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlat inspeksiyasi boş boşqarma boşliği Ayubxon Radjiyev ta'lim muassasalari reytingining asosiy maqsadlaridan biri - öquvçilar bilimini baholaş xalqaro dasturlarida mamlakatimizning ijobiy iştirokini ta'minlaşga tayyorlaş ekanligini ta'kidlar ekan, reyting natijalarini obektivligi va şaffofligini ta'minlaş Ta'lim inspeksiyasi oldidagi eng muhim vazifa ekanligi ma'lum qildi.
A.Radjiyev tomonidan uşbu muhim vazifani ijrosini ta'minlaş jarayonida aniqlangan ayrim noxolis holatlar keltirib ötildi.

Işçi guruhlar tomonidan joylarda ötkazilgan nazorat işlari vaqtida matematika fan uçun berilgan savollar kitobini soxtalaştiriş (nusxalaş) hamda ştrix işlatiş holati aniqlangan, bular: Qaşqadaryoda 2 ta maktabda, Jizzaxda 1 ta maktabda va Namanganda 1 ta maktabda aniqlangan.
Bundan taşqari, Qaşqadaryoda 6 ta, Farğonada 6 ta, Navoiyda 5 ta, Surxondaryoda 5 ta, Namanganda 4 ta, Buxoroda 3 ta, Xorazmda 3 ta va Andijonda 1 ta holatda nazorat işi ötkazilayotgan sinfga öquvçining örniga boşqa öquvçi yaşirinça kiritilganligi ma'lum bölgan.
Oliy ta'lim muassasalaridan va ular qoşidagi akademik litseylardan ona tili öqituvçilari 9-sinf öquvçilari bilan diktant yozdirişga va tekşirişga jalb qilingan. Ayrim viloyatlarda diktant materiallari noxolis tekşirilgani oqibatida öquvçilarning özlaştiriş (10-20%) va sifat (15-25%) körsatkiçlari sun'iy ravişda oşib ketgani aniqlandi.

Jumladan, Xorazmda 21,6/24,6 foiz, Farğonada 17,7/22,7 foiz, Andijonda 14,5/18,4 foiz, Toşkent şahrida 13,8/15,4 foiz, Navoiyda 11,2/14 foiz noxolis baholaşlar qayd etilgan.

Buning oqibatida reytingda qatnaşgan barça 956ta maktablarga tegişli nazorat işlari Davlat inspeksiyasida qaytadan tekşirib çiqildi.
Yiğilişda Özbekiston 2021 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD)ning ta'lim sifatini baholaş böyiça PISA (15-16 yoşli öquvçilar bilimini baholaş böyiça xalqaro dastur) xalqaro tadqiqotlarida iştirok etişi ta'kidlanib, yuqoridagi kabi noxuş holatlar uşbu sinovlar jarayonida ham kuzatilsa mamlakatimiz ulardan çetlaştirilişi ma'lum qilindi.
Yakunda hududiy xalq ta'limi boşqarmalari rahbarlari va umumta'lim maktab direktorlariga kelgusida bu kabi holatlarga yöl qöymaslik hamda maktablardagi mavjud kamçiliklari soxtalaştiriş orqali emas, balki ta'lim sifatini oşiriş yöli bilan hal qiliş vazifasi topşirildi.











