Saudiya Arabistoni 27 sentyabrdan xorijliklarga turistik vizalar berişni boşlamoqçi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Sayyohlar vizani Saudiya Arabistoniga kelgaç olişlari yoki internet orqali elektron ariza berib olişlari mumkin.  

Ta'kidlanişiça, vizalar 51 ta davlat fuqarolariga 90 kun muddatga beriladi. Uning qiymati 118 dollarni taşkil qiladi. Bu summaga majburiy tibbiy suğurta ham kiradi. Saudiya Arabistoni rasmiylari vizalarni onlayn tartibda rasmiylaştiriş bir neça daqiqagina vaqt olişi va xorijliklarga viza oliş uçun elçixonaga murojaat qilişlari talab etilmasligiga va'da berildi. 

Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni 4 turdagi – mehnat, işbilarmonlik, ziyorat va taşrif vizalarini beradi. 

OAVda Saudiya Arabistoni yaqin oylarda turistik elektron vizalarni bera boşlaşi haqida ma'lumotlar paydo bölib turadi. Bunday vizalar sinov rejimida 2018 yilda Formula E poygasi bosqiçiga taşrif buyurganlarga berilgan. Gulf News naşri ma'lumotlariga köra, elektron vizalar Yevropaning Şengen kelişuviga kiruvçi davlatlari, AQŞ, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, JAR, Bruney, Malayziya, Singapur va Tayvan fuqarolariga berilişi mumkin. Turistik vizalar beriladigan davlatlar yakuniy röyxati hali töliq şakllantirilmagan va töldirilmoqda.

Hozirda podşohlik hukumati turistik sohani rivojlantirişga katta ahamiyat bermoqda. Mutaxassislarning fikriça, sayyohlik tarmoği iqtisodiyotni jadallaştirişga va energiya zaxiralari eksportidan kamroq tobe bölişga turtki beradi. Saudiya Arabistoni 2030 yilgaça yiliga 30 mln kişi kelişiga intilmoqda. Hozirda bu raqam 16 mln kişini taşkil qiladi, lekin ular orasida sayyohlar yöq.  Biroq Saudiya Arabistoni yaqin orada turizmdan har yili 47 mlrd dollar olişni közlamoqda.