Bugungi kunda olib borilayotgan köplab quriliş işlari natijasida aholi va hokimliklar örtasida turli tuşunmovçiliklar uçrab turibdi. Bundan taşqari, yerlarni noqonuniy egallab oliş holatlari ham kuzatilmoqda. Umuman, sohada qilinişi kerak bölgan işlar talaygina.

Şu munosabat bilan sayt tahririyati Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi (Yergeodezkadastr) hamda uning faoliyati, sohada olib borilayotgan işlar va yeçimini kutayotgan muammolar töğrisda Özbekiston Respublikasi «Yergeodezkadastr» davlat qömitasi raisi Abduşukur Xamidoviç Abdullayev bilan suhbat qildi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Suhbat davomida qömita raisi qömitaning asosiy faoliyati va vazifalari, köçmas mulk kadastri, binoning kadastr qiymati, «snos»lar vaqtida binoni hisoblaş, tizimdagi korrupsiya va boşqalar haqida ma'lumot berib ötdi.

«Qömitaning asosiy törtta muhim yönalişi bor: Yer resurslarini boşqariş hamda yer resurslaridan foydalanişni nazorat qiliş, Davlat kadastrlarini boşqariş, Geodeziya va kartografiya yönalişi hamda Dronlardan foydalaniş.

Kadastr deganda köpçilik uyning bir hujjatini tuşunadi. Kadastr - doimiy saqlanişi, hisobga olib borilişi, layoqatli deb topilgan idoralar tomonidan röyxatga olib borilişi va kerakli vaqtda uni tasdiqlab beradigan faoliyatdir.

Qonunçilikda 21ta davlat kadastri belgilangan. Bu 21ta davlat kadastrini 17ta vazirlik, idora olib boradi. Ular qanday faoliyat olib borayotganini nazorat qiliş esa qömitamizning vazifasi hisoblanadi.

Keyingi paytlarda bir neçta terminlar yuribdi. Binoning inventar, bozor va kadastr baholari bor. Agar turar joy oldi-sotdi qilinadigan bölsa, albatta, bozor narxi böyiça qilinadi. Kadastr qiymati öşa joyning konstrukturasi, tuzilmasi hamda uning turidan kelib çiqqan holda alohida formula asosida hisoblanadi. Toşkent şahridagi 3 xonali uyni oladigan bölsak, uning inventar qiymati 1,8 mln söm çiqqan. Tabiiyki, hozir unaqa narx-navo yöq. Kadastr qiymati hisoblanganda esa respublika böyiça oladigan bölsak amaldagiga nisbatan 8,6 baravar kötarildi. Köpçilik buni soliqlarni oşiriş uçun qilingan deb tuşunadi. Aslida bunday emas. Tölov har qanday narsadan soliq tölanadigan bölsa, soliq miqdori uning real holatidan kelib çiqqan holda belgilanadi. Kadastr qiymatiga ötiş bozor qiymatiga ötişga yaqinlikni ta'minladi.