Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 1-oktabr kuni keçqurun Vaşingtonda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşdi. Bu haqda u öz telegram-kanalida maʼlum qildi.
«AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşiş hamda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkaziş men uçun katta şarafdir», – deya yozdi u.
Xabarda muhokamalar tafsilotlari keltirilmagan.
Saida Mirziyoyeva 23-sentabr kuni Nyu Yorkda BMT Boş assambleyasining 81-sessiyasi umumiy munozaralarida Özbekiston nomidan nutq sözlagandi.
AQŞga taşrif davomida PA rahbari BMT boş kotibi Antoniu Guterriş, BlackRock investitsiya kompaniyasi va Google rahbariyati bilan ham uçraşuvlar ötkazgan, BMTning demografik barqarorlik masalalariga bağişlangan tadbirida iştirok etgandi.
U 28-sentabr kuni BMTning jinoyatçilikning oldini oliş va jinoiy odil sudlov böyiça 15-kongressida iştirok etiş uçun BAAga bordi. 29-sentabrda esa Samarqand olimpiadasida zafar quçgan şaxmatçilarni taqdirlaş marosimida ham köriniş berdi.

















