«Yerning hisobini aniq yuritiş va samarali foydalaniş qişloq xöjaligi, tadbirkorlik, işlab çiqariş, quriliş, geologiya kabi köplab sohalar uçun juda muhim. Davlatimiz rahbari hududlarga safarlari çoğida doim bu masalaga alohida e'tibor qaratib, har bir qariç yer xalqimizga manfaat keltirişi kerakligini ta'kidlaydi.

Afsuski, geodeziya, kartografiya va kadastr sohasida qator muammolar töplanib qolgan. Mamlakatimizda yer xatlovi oxirgi marta 40 yil oldin ötkazilgan. Masalan, 140ta tuman ma'muriy çegaralari hozirgaça aniq emas. Qişloq xöjaligi yerlarini ajratiş tartibi 20 yil oldin qabul qilingan va hozirgi islohotlar talabiga javob bermaydi. Bularning oqibatida sohada talon-torojlik va korrupsiya avj olgan. 66ta tumanda 150 ming gektar ekin yeri özboşimçalik bilan egallangani, oxirgi ikki yilda 122 nafar kadastr xodimi jinoiy javobgar bölgani buning dalili.

Şu bois tizimni isloh qiliş boşlandi. Bugungi yiğilişda şu boradagi muhim masalalar muhokama qilindi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident Şavkat Mirziyoyev kadastr idoralarining eng asosiy vazifasi yerning hisobi va balansini yuritiş bölişi kerakligini qayd etdi. Yil yakuniga qadar yer turi, konturi, çegarasi va foydalanuvçisi haqidagi ma'lumotlar jamlangan axborot tizimini işga tuşiriş vazifasi qöyildi. Endi yer ajratiş töğrisidagi qaror mazkur tizimga kiritilsagina haqiqiy hisoblanadi.

Şuningdek, sun'iy yöldoş kanallarini ijaraga oliş va signallarni qayta işlaş tizimini taşkil etişga körsatma berildi. Bu esa kosmosuratlarni yillar böyiça taqqoslaş orqali hosildorlikni tahlil qiliş, yerlarning meliorativ holatini muntazam örganişda qöl keladi.

Qişloq xöjaligini boşqarişni raqamlaştiriş, kelgusi yildan yer balansi va uning hisobini Milliy geoaxborot tizimida yuritiş zarurligi qayd etildi. Yil yakuniga qadar qişloq xöjaligi maydonlarini elektron tanlov va auksion asosida ajratiş tartibini joriy qiliş, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda yer toifalarini optimallaştiriş böyiça topşiriq berildi.

«Yergeodezkadastr» davlat qömitasining tuproq sifatini baholaş, yerlarni rivojlantiriş, ekinlarni joylaştiriş bilan boğliq vazifalarini, şuningdek, Tuproqşunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini Qişloq xöjaligi vazirligiga ötkaziş taklifi bildirildi. Jahon bankidan ajratilayotgan 87 million dollar hisobidan mazkur institut faoliyatini rivojlantiriş, laboratoriyalarini yangilaş muhimligi qayd etildi. Şuningdek, Qişloq xöjaligi vazirligiga yil yakunigaça 10 ming gektar yer maydonining tuproq tahlilini va agrotexnologik xaritalarini tayyorlaş vazifasi qöyildi.