Rossiya qöşini Kiyevga dronlar bilan zarba berişda davom etmoqda. 1-oktabr kuni dronlardan biri Solomensk rayonidagi maktab binosiga kelib urildi. Bu vaqtda öquvçilar yertöladagi bombapanagohlarga tuşişga ulgurgandi va jabrlanganlar bölmagan.

photo_2026-10-02_16-54-40
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevning Solomenskiy rayonida Rssiya droni zarbasi oqibatida şikastlangan maktab binosi. 2026-yil 1-oktabr

Kunduzi RF harbiylari keng kölamli uruş boşidan buyon ilk bor Kiyevdagi köpriklarni nişonga olib hujum qilişga kirişgan. Kun davomida Janubiy köprikka uç bor zarba berilgan – bu köprikda avtomobillardan taşqari metro ötadigan yöl ham bor.

Portlaş tölqini tufayli şu vaqtda köprikdan ötayotgan poyezd vagonlariga ventilyatsiya orqali çang kirgan. Yölovçilar jabrlanmagan, poyezd ham şikastlanmagan, biroq qöşimça körikdan ötkaziş uçun depoga yuborilgan.

Avvaliga köprik böylab metro va avtobuslar harakati töxtatildi. Kiyev şahri harbiy maʼmuriyati maʼlumotlariga köra, metro poyezdlari faqat «Sirets» va «Vidubiçi» hamda «Osokorki» va «Krasniy xutor» stansiyalari örtasidagi yer osti uçastkalari orqali harakatlanadi. Avtobus yönalişlari vaqtinça özgartirildi.

Mutaxassislar zarbalardan yetkazilgan zararni baholaş uçun köprikni közdan keçirişmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga köra, «köprik ustuni, yöl çetidagi tösiq, yöl qatlami va metropolitenning himoya beton qatlami şikastlangan».

photo_2026-10-02_16-08-33
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Janubiy köprik dronlar zarbasidan keyin. 2026-yil 1-oktabr

2-oktabr tongida Patona köprigi böylab öng sohildan çap sohilga olib ötuvçi yölda, şuningdek, Metro köprigida transport vositalari harakati çeklandi. Natijada şaharda ulkan tirbandliklar yuzaga keldi. 2-oktabr kuni kunduzi Patona köprigida ikkitomonlama harakat tiklandi, ammo unga hozirça faqat Mikola Mixnovskiy bulvari tomondan kiriş mumkin. Kiyev mudofaa kengaşi şoşilinç yiğiliş çaqirgan, unda şaharning çap va öng sohildagi qismlarini özaro boğlovçi köpriklarda harakatni qanday taşkil etiş masalasi muhokama qilinadi. Dnepr daryosida transport uçun yerosti ötiş tunneli mavjud emas.

photo_2026-10-02_16-08-47