AQŞning American Airlines aviakompaniyasi reysida kiçik ölçamli otning yölovçilar orasida taşilişi internet foydalanuvçilarini ajablantirdi. Uşbu holat videosini Evan Novak ismli sayyoh e'lon qilgan.
Tvitterda joylaştirilgan videoda örindiqdan otning boşi çiqib turganini köriş mumkin. Ot örta qatorda joylaştiriş uçun kattalik qilgani sababli çekka örindiqqa ötqazilgan.
Video foydalanuvçilarning noroziligiga sabab bölgan. “Men hayratdaman. U beozor körinmaydi. U kasal körinadi”, deb fikr bildirgan foydalanuvçilardan biri. “Agar bu çin bölsa, unda bu men körgan eng ğalati voqea. Aviakompaniyani özgartiriş uçun ayni muddao”, deb ajablangan yana bir foydalanuvçi. “Agar rostini aytsam, men bu ot bilan bir reysda bölişni istamasdim. Xöş, innankeyin-çi? Sigir yo jirafami?”, deb kinoya qilgan boşqa bir kişi.
Ta'kidlanişiça, aviakompaniya qoidalariga köra imkoniyati çeklangan yölovçilarga ularni yetaklab yuruvçi hayvon sifatida örgatilgan kiçik otlarni taşişga ruxsat berilgan.
“At this time we would like to begin boarding with any active duty military, families traveling with children under the age of 3, and horses...” @AmericanAir @LilNasX @barstoolspors @BarstoolILLSt @realslimshanny @UNITEDA1RLINES @billyraycyrus @SouthwestAir @TSA @Kat103Omaha pic.twitter.com/qVRLCH4IFc
— Evan Nowak (@ecnowak) August 30, 2019












