Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Çilonzor tumanidagi Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boğini rekonstruksiya qiliş mavzusi keng muhokama etilmoqda. Şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev aholi bilan uçraşib, ularga boğda qanday özgarişlar bölişi mumkinligi haqida atrofliça ma’lumot berdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinişiça, qayta quriş jarayonida ham uşbu boğ eşiklari aholi uçun yopilmaydi, şuningdek, şu paytgaça bölgani singari keyinçalik ham unga kiriş bepulligiça qoladi. 

Şuningdek, rekonstruksiya sabab tadbirkorlar heç qanday zarar körmaydi, öz faoliyatini avvalgi tartibda davom ettiradi. 

Uşbu boğ soya-salqinligi va ösimliklar dunyosiga boyligi bilan ajralib turadi. Qayta quriş jarayonida bu yaşillik dunyosiga umuman zarar yetkazilmaydi, heç bir daraxt kesilmaydi. 

Aholiga yanada yaxşi xizmat körsatiş, ularning köngilli hordiq çiqarişlari uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş maqsadida yaroqlilik muddatini ötab bölgan attraksionlar yangi, zamonaviylariga almaştiriladi. 

Şuningdek, boğ içidagi ta’mirtalab yöllar sozlanadi. Veloyölaklar ham taşkil etilişi mumkin. 

«Xullas, qayta quriş işlari natijasida boğ yanada çiroy oçadi, xizmat kölami kengayadi. Şubhasiz, bu ma’lumotlar, uçraşuvga kelgan aholidagi xavotirlarni aritib, ularni mamnun qildi», - deyiladi Toşkent şahar hokimligi xabarida.