Rossiya prezidenti Vladimir Putin huquq-tartibot idoralaridan 30 ga yaqin yuqori lavozimdagi şaxslarni öz lavozimlaridan böşatdi. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda “Kommersant” naşri xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, bu haqidagi 425-sonli farmon Putin tomonidan 7 sentyabrda imzolangan. Xususan, öz lavozimlaridan Rossiya tergov qömitasining Qrim böyiça boş tergov boşqarmasi rahbari, adliya general-leytenanti Mixail Nazarov va Doğiston böyiça boş tergov boşqarmasi rahbari, adliya general-leytenanti Sergey Dubrovin böşatilgan. Bundan taşqari, Dubrovinning birinçi örinbosari Tugay Tugayev ham öz lavozimidan olingan.
Ba'zi ma'lumotlarga köra, Dubrovin va Tugayevning böşatilişi Qoraçay-Çerkesdan sobiq senator Rauf Araşukov va uning otasi tomonidan taşkil etilgan jinoiy töda işining tergovi bilan boğlangan.
Şu bilan birga yangi tayinlovlar amalga oşirilgan.












