Özbekistonning “Humo” klubi Rossiyaning Oliy xokkey ligasida ilk uçraşuvini muvaffaqiyatli ötkazdi. Toşkent şahri jamoasi “Ryazan” ustidan 5:0 hisobidagi yirik ğalabaga erişdi.

Gollarni Andrey Smirnov, Aleksandr Şerbina, Arseniy Yeroxin, Yevgeniy Grigorenko va Artyom Voronin kiritgan.

OXL – oçiq xalqaro xokkey ligasi bölib, nufuzi jihatidan Kontinental xokkey ligasidan (KXL) keyin ikkinçi örinda turadi. Ötgan mavsumda ligada Rossiyaning 26ta, Qozoğistonning 3ta va Xitoyning 2ta klubi iştirok etgan. Qozoğistonning «Sariarka» klubi çempionlikni qölga kiritgan.

Joriy mavsumda ligada 34 ta jamoa iştirok etib, uning tarkibiga 6 ta yangi klub, jumladan “Humo” kirgan. Hozirda Toşkent klubi liganing A divizionida öynamoqda.