Hukumatning 2019 yil 13 sentyabrdagi 769-son “Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabarida aytilişiça, uşbu qarorga asosan Içki işlar vazirligi (IIV) tasarrufidagi bolalar boğçalari istisno tariqasida, IIVning idoraviy mansubligida qoldirilgan holda Maktabgaça ta'lim vazirligi tizimiga ötkazildi.
Qarorga köra, uşbu boğçalarning ta'lim-tarbiya jarayonini muvofiqlaştiriş va metodik boşqariş Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan amalga oşiriladi.
IIVning bolalar boğçalari rahbarlari Maktabgaça ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda içki işlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
IIVning bolalar boğçalari xodimlariga davlat maktabgaça ta'lim muassasalari xodimlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş şartlari va imtiyozlari qöllaniladi.
2019 yil 1 oktyabrdan:
IIV bolalar boğçalari tarbiyalanuvçilari umumiy örinlari sonining 80 foizi içki işlar organlari xodimlari va harbiy xizmatçilarining farzandlari uçun ajratiladi;
20 foizi esa Bolalarni davlat maktabgaça ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentlariga muvofiq jamlanadi.












