Xorazm viloyatida saksovul va yulğun daraxtlarini noqonuniy kesgan fuqarolar qonun oldida javob berdilar.
Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça inspeksiyasi xodimlari tomonidan 2019 yil davomida ötkazilgan reydlar natijasida Buxoro va Xorazm viloyatining Qizilqum barxanlaridan noqonuniy ravişda saksovul va yulğun daraxtlarini kesib, qöporib olib kelayotgan 189 nafar fuqaro aniqlandi.

Saksovul va yulğun daraxtlari qum köçkilari va tabiiy ofatlarning oldini olişga xizmat qilişi, şuningdek yovvoyi hayvonlarning ozuqasi bölgani sababli, ularning himoyasi Özbekiston Respublikasining «Ösimliklar dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonuniga asosan alohida nazoratga olingan.
Qonunbuzarlarning barçasi Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasi 1 va 2-qismlari tartibida javobgarlikka tortildi va 47,3 million söm jarima, şuningdek, tabiatga yetkazilgan 127 million söm zarar undirib olindi. Saksovul va yulğun daraxtlari aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.

Qayd qiliş joizki, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasida «Daraxtlar, butalar, boşqa örmon ösimliklari va nihollarni ğayriqonuniy ravişda kesiş, şikastlantiriş yoki yöq qiliş» qonunbuzarligini sodir etganlik uçun javobgarlik belgilangan.


Xususan, fuqarolarga eng kam iş haqining beş baravaridan ön baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa ön baravaridan ön beş baravarigaça miqdorda jarima soliş közda tutilgan.
Xuddi şunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa, fuqarolarga eng kam iş haqining ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa ön beş baravaridan yigirma baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Kun.uz muxbiri Nurmuhammad Said












