2019 yilning 17 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi va Iordaniya Hoşimiylar Qirolligi delegatsiyalari örtasida vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlar bölib ötadi.

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, Özbekiston delegatsiyasiga taşqi işlar vazirining örinbosari Dilşod Axatov boşçilik qiladi.

Bundan oldin, Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov Iordaniya Hoşimiylar Qirolligining favqulodda va muxtor elçisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uçraşgandi.

Uçraşuvda Ammon şahrida bölib ötadigan vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarning birinçi raundi munosabatlarning eng istiqbolli yönalişlarini aniqlaşga va umumiy sa'y-harakatlarni ularni amalga oşiriş uçun yönaltirişga imkon berişi ta'kidlangan.