Özbekistonda intervension jamğarmani ta'minlaşga qaratilgan xaridlardan taşqari paxta va ğalla böyiça davlat xaridlaridan töliq voz keçiş möljallanmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan strategiyasi amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”da aytilgan.
Şuningdek, davlat tomonidan qişloq xöjaligi ekinlarini joylaştiriş amaliyotidan voz keçiş, uni faqatgina paxta va ğallani yetiştirişda qöllaş, davlat tomonidan barça qişloq xöjaligi ekinlarini joylaştiriş amaliyotidan voz keçiş rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilarning alohida toifalari böyiça davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning moliyaviy vositalarini takomillaştiriş möljallangan, bunda qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilarning moliyaviy savodxonligini va moliyaviy soha vakillarining qişloq xöjaligi haqida xabardorligini oşiriş nazarda tutiladi.
Öz navbatida, qişloq xöjaligida omborxona guvohnomalarini joriy etiş, qişloq xöjaligi işlab çiqarişi intensifikatsiya qilişni rağbatlantiruvçi qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaş tizimiga töliq ötiş ham közda tutilmoqda.












