«Barselona» qur'ada doim birinçi savatçada joy olib kelayotgan bölsa-da, ikki yildirki, ançagina murakkab guruhga tuşib qolmoqda. Ötgan mavsumda «Inter», «Tottenhem» va «PSV» kataloniyaliklar bilan ikki yöllanma uçun bahs olib borgan bölişsa, bu safar «Inter»ga endi Dortmundning «Borussiya» jamoasi şerik böladi. Qiziği, ötgan yili «Borussiya» guruh bosqiçini kuçli ötkazib, pley-offga çiqqan, ammo u yerda «Barselona»ning guruhdoşi «Tottenhem»ga yutqazib qöygandi. Törtlikdagi törtinçi jamoa esa – «Slaviya».
ÖYIN OLDIDAN
Bahorning sönggi oylarini yomon ötkazib, ham Çempionlar Ligasidan, ham Qirollik kubogidan quruq qolgan «Barselona»ni Ernesto Valverde boşqarişda davom etmoqda. Grizmann, De Yong kabi yirik transferlar kataloniyaliklarning bu safar yanada jiddiy va yuqori ambitsiyalarga ega ekanini, ötgan yilgi kabi faqat Ispaniya çempionati bilan kifoyalanişga rozi emasliklarini payqaş mumkin. Aks holda katta ehtimol bilan Valverde davri tugaydi.
Natijalar haqida aniq xulosalar beriş qiyin, çunki jarohatlar girdobiga tuşib qolgan jamoa Messisiz, bundan taşqari aksariyat öyinlarda Suaressiz ham harakat qilişga majbur böldi. Şuning uçun jamoa öyinlari biroz beqaror, «Barselona» «Kamp Nou»dagi sönggi ikki öyinda raqib darvozasiga beştadan gol urayotgan bölsa-da, safar öyinlarida işonçsiz körindi. Dortmundning öz maydonida qanday muhit hosil qilişini esa, hamma yaxşi biladi – «Barselona»ga juda qiyin bölişi tabiiy. Yaxşiyamki, Luis Suares safga qaytdi va «Valensiya»ga qarşi öyinda juda yaxşi sport formasida ekanini namoyiş qildi.
Qarşi tomonda esa, yana bir şunday hujumçi – Pako Alkaser töp suradi. Uning öz vaqtida «Barselona»ning asosiy tarkibiga kira olmagani alohida motivatsiya sifatida ahamiyat kasb etsa kerak. Alkaser sobiq jamoasiga özining qanday hujumçi ekanini körsatişi mumkin. Unga yordam beradigan Jyeydon Sanço va Marko Roys ham juda yaxşi sport formasiga kirib olişdi. Sanço mavsum boşidan beri har öyinda golli vaziyatlar iştirokçisiga aylanayotgan bölsa, Marko Roys ham bombardirlik xislatlarini yöqotmaganini ötgan öyinda isbotladi va dubl qayd etdi.
Lekin ba'zi statistik ma'lumotlar mezbonlarning zarariga işlaydi: jamoa öz maydonidagi sönggi sakkiz öyindan atigi ikkitasini öz foydalariga hal qilişgan. Şuningdek, Çempionlar Ligasidagi sönggi beş öyinning törttasida «Borussiya» raqib darvozasini işğol qila olmagan. «Barselona» esa, turnirdagi sönggi 12 uçraşuvning faqat bittasida mağlubiyatga uçragan, xolos.
TARKIBLAR
Mehmonlar tarkibida asosiy savol Messining maydonga tuşişi va uçraşuvga qançalik tayyor ekanidir. Mana şu faktor kuçlar nisbatida köp narsani özgartirib yuboradi. Messi öyin qaydnomasiga kiritilgan, ammo asosiy tarkibda tuşişi yoki tuşmasligi böyiça qaror öyin oldidan qabul qilinişi aytildi. Şuningdek, Valverde matbuot anjumanida sönggi ikki öyinda özini körsatayotgan 16 yoşli Fati haqida ham fikr bildirdi. Yoş futbolçi agar maydonga tuşadigan bölsa, «Barselona»ning YeÇL tarixidagi eng yoş futbolçisi sifatida tarixga kiradi. Mehmonlar tarkibida, xuddi Alkaser singari, sobiq jamoasiga qarşi maydonga tuşiş imkoniyati Usmon Dembeleda bor edi. Ammo u ham tiklanib ulgurgani yöq.
«Borussiya» murabbiyi Favr esa, jarohatlanganlar içida Lukas Pişçek borasida aniq fikr aytmadi. U tarkibda paydo bölişi mumkin. Niko Şuls esa, aniq öynay olmaydi. Raqiblarning taxminiy tarkibi qöyidagiça:
Borussiya: Byurki, Hakimi, Akandji, Hummels, Gerreyru, Vitsel, Dileyni, Azar, Sanço, Roys, Alkaser;
Barselona: Ter Stegen, Semedu, Pike, Langle, Alba, Roberto, Buskets, De Yong, Grizmann, Peres, Suares
MURABBIYLAR
Lyusen Favr:
«Albatta, biz «Barselona» bilan öyinni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Men 1991 yilda u yerda, Kroyf qöl ostida amaliyot ötaganman – taassurotlarni ifodalab beriş qiyin. Biz butun öyin davomida diqqatni yöqotmasligimiz kerak. Qörqmasdan oldinga borişga tayyormiz, şu bilan birga, har qanday ssenariyga tayyor turib, öyinda qoliş juda katta ahamiyatga ega».
Ernesto Valverde:
«Menga «Borussiya»ning ayniqsa, muxlislar bilan munosabati judayam yoqadi. Sanço, Roys – ajoyib futbolçilar, şuningdek, Alkaser ham «Borussiya» uning jamoasi ekanini isbotlamoqda. Dortmundliklar töpni yaxşi nazorat qila olişadi, jamoaning qarşi hujumlari xavfli tus oladi. Guruhimiz juda xavfli, bitta omadsiz uçraşuv kubok uçun kuraşdan çiqarib yuborişi ham mumkin. Masalan, ötgan yili finalga çiqqan har ikki jamoa ham bizdan köproq öyinlarda mağlub bölişgandi, lekin finalda ular töp surişdi».
STATISTIKA
- Bu raqiblarning uçinçi rasmiy töqnaşuvi hisoblanadi. 1997/98 yilgi Yevropa Superkubogida «Barselona» dastlabki öyinni 2:0 hisobida öz foydasiga hal qilgan. Germaniyadagi uçraşuv 1:1 bilan tugagan.
- Qatorasiga törtinçi yildirki, dortmundliklar guruhda ispan jamoalariga qarşi kelişmoqda. Uç yil oldin «Borussiya» «Real» bilan har ikki öyinni durang bilan yakunlagan, keyingi yili esa, boy bergan. Ötgan mavsumda esa, «Atletiko»ni öz maydonida 4:0 hisobida yengib, safarda 0:2 yutqazişgan.
- «Barselona» guruh öyinlarida 14 öyindan beri mağlubiyatga uçragani yöq. 10 ğalaba va 4 durang. Şuningdek, sönggi 28 öyindan atigi 1tasida mağlubiyatga uçragan, xolos. Bulardan 21 öyin kataloniyaliklar ğalabasi bilan tugagan. Yagona mağlubiyat 2016 yilning noyabrida «Mançester Siti»ga qarşi öyinda röy bergandi.
- «Borussiya» yarim himoyaçisi Mario Gyotse YeÇLdagi sönggi 1092 daqiqa, ya'ni 18 soatdan buyon gol ura olmayapti. Bu YeÇL tarixidagi eng uzoq davom etgan «golsizlik»dir.
- Lionel Messi ötgan YeÇL mavsumida 12 gol bilan töpurar bölgandi. U bunday e'tirofga olti marta sazovor bölgan. Faqat Kriştianu Ronalduda bu körsatkiç köproq – 7 marta. Umuman olganda, Messi portugaliyalik raqobatçisiga nisbatan 14 gol kam urgan: 112-126.
- Messi Çempionlar Ligasida 32 turli raqiblar darvozasini işğol eta olgan. Agar u «Borussiya» darvozasiga ham gol ura olsa, bu borada Raulga tenglaşib oladi. Ispaniyalik hujumçi 33ta turli raqiblar darvozasiga gol ura olgandi.
- Yana Messi. U nemis jamoalariga qarşi 14 öyinda 16 gol muallifi bölgan. «Bayyer»ga 7, «Bavariya»ga 4, «Ştutgart»ga 3, menxengladbaxliklar va bremenliklar darvozasiga bittadan.













