Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining Abqayq va Xuraysdagi obektlariga dronlar hujumidan keyin kompaniya IPÖsi savol ostiga qöyilmoqda va boşqa sanaga köçirilişi mumkin. Bu haqda Wall Street Journal naşri xabar berdi. Naşr ma'lumotlariga köra, agar yangi hujumlar xavfi saqlanib qolinsa, Saudi Aramco’ning bahosi 300 mlrd dollarga kamayişi mumkin.  

WSJ’ning ta'kidlaşiça, kompaniyaning narxi hujumgaça ham saudiyalik amaldorlar örtasidagi kelişmovçilikka sabab bölayotgandi. Xususan, valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon va uning moliyaviy maslahatçilari IPO oldidan kompaniyani 2 trln dollarga baholaş mumkinligini ta'kidlaşgan bölsa, bir qator bankirlar va kompaniya boşqaruvining bir qismi 1,5 trln dollar haqida gapiriş töğriroq bölişini aytişgan.

Hozir vaziyat şunday tus olmoqdaki, kompaniyaning yöqotişlarini hujumlardan keyin yuz bergan inqiroz sababli neft narxi keskin kötarilişi ham kompensatsiya qila olmaydi. Bu orada Ar-Riyodda hujumlar takrorlansa, harbiylar ularni qaytara olişiga töliq kafolat yöqligi tan olinmoqda.

Hujumlar uçun javobgarlikni yamanlik husiylar öz zimmasiga olgan. Biroq AQŞ davlat kotibi bunda Eronni ayblagan. Hujumlardan keyin Saudi Aramco neft qazib olişni 5,7 mln barrelga qisqartirişga majbur bölgan. Bu esa podşohlik oladigan bir kunlik neftning yarmini taşkil qiladi. Buning ortida Brent nefti narxi 14 foizga kötarilib ketib, 71,62 dollargaça yetgan.

Husiylar avval ham Saudiya Arabistoni neft obektlariga dronlar yordamida hujumlar amalga oşirişgan. Jumladan, may oyida ular Qizil dengizdagi neft quvuriga şikast yetkazişgan, avgustda esa Şaybahdagi konga hujum qilişgan. Biroq öşanda kompaniyaning yöqotişlari sezilarsiz deb baholangan.