Özbekistonda şakllangan zamonaviy tibbiyot tizimining muhim yönalişlaridan biri – şoşilinç va «tez yordam» xizmatidan yiliga ön million nafardan köproq kişi foydalanadi. Sönggi yillarda mazkur sohaning moddiy-texnika bazasi muttasil takomillaşayotgani xalq salomatligini mustahkamlaşda muhim omil bölmoqda.

 2017–2019 yillarda tibbiyotning boşqa yönalişlari kabi tez tibbiy yordam xizmati infratuzilmasini ham yanada yaxşilaş, sohaning moddiy-texnika bazasini kuçaytiriş, tibbiyot amaliyotiga jahon ilm-fanining eng ilğor uslublarini tatbiq etişga yönaltirilgan muhim loyihalar amalga oşirilmoqda. Natijada «tez yordam»ning avtomaşinalar parki tubdan yangilandi. Bugungi kunda har ön uç ming nafar kişiga bitta «tez yordam» maşinasi töğri keladi. Bu xalqaro standartlarga töla mosdir. Qolaversa, «tez yordam»ni dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta'minlaş sönggi uç yil içida 5,2 barobarga köpaydi, çaqiriqlarni qabul qiliş, uzatiş va ularni muntazam nazorat qiliş markazi (Sall-markaz) faoliyati takomillaştirildi.

Biroq, davlat darajasida amalga oşirilayotgan şunday muhim çora-tadbirlarga qaramay, hali-hamon «tez yordam»ga nisbatan aholida e'tirozlar uçrab turibdi. Bunga tez tibbiy yordam xizmatida keçikişlar mavjudligi ham sabab bölmoqda. Darhaqiqat, tez tibbiy yordam xizmatida vaqt eng qadrli mezon hisoblanib, har bir daqiqa bemor hayotini asraşda muhim örin tutadi.

— Tahlillardan ma'lum bölişiça, «tez yordam» maşinalari  keçikişi sabablarining biri asossiz çaqiriqlardir, — deydi Şoşilinç va tez tibbiy yordam masalalari böyiça mahalliy koordinator Obidjon Dilmurodov. — Bugungi kunda «tez yordam»ga tuşayotgan murojaatlarning 30 foizdan köproğini ana şunday asossiz çaqiriqlar taşkil etadi. Xöş, bu murojaatçilar kimlar, degan savol tuğilişi tabiiy. Bularning aksariyati surunkali kasalligi bor bemorlardir. Poytaxtimizdagi «tez yordam» xizmatiga ularning ba'zilari yiliga 500 martadan 1000 martagaça murojaat qiladi.

— Şuni alohida ta'kidlaş joizki, surunkali kasalliklarni davolaş «tez yordam» şifokorlarining vazifasi emas, — deydi Toşkent şahar tez tibbiy yordam stansiyasi boş şifokor örinbosari Ilhom Aslonov. — «Tez yordam» şifokori kasallikning hayot uçun xavf solişi mumkin bölgan belgilarini bartaraf etadi, xolos. Bu bemorga vaqtinça yengillik beradi. Bemor darddan töla xalos bölişi uçun umumiy amaliyot şifokori nazoratida turib yoki şifoxonada yotib davolanişi kerak.

Surunkali kasalliklarda şifokor tavsiyasi asosida muolajalar uzluksiz tarzda olib borilsa bemor albatta şifo topadi, «tez yordam»ga qayta-qayta murojaat qilişga ehtiyoj qolmaydi. Ammo, köpçilik şifokorlarning bunday tavsiyalariga rioya etiş örniga arzimagan holatlar uçun ham «tez yordam»ni çaqirişga odatlanib qolişgan. Holbuki, «tez yordam»ning har bir çaqiriq joyiga borişi davlatga kattagina xarajatga tuşadi.

«Eng açinarlisi, ana şunday asossiz çaqiriqlar tufayli «tez yordam» xizmatida tiğizlik yuzaga keladi. Natijada şoşilinç tibbiy yordamga haqiqatan muhtoj bölgan bemorlarga öz vaqtida yetib boriş imkoniyati çeklanmoqda.

Şu örinda şuni aytmoqçi edikki, har bir inson avvalo özi, qolaversa yaqinlari soğliğiga e'tiborli bölişi lozim. Buning uçun qişloq vraçlik punkti va oilaviy poliklinikalarda kasalliklarning oldini oliş borasida davlatimiz tomonidan yaratib berilgan zamonaviy tibbiy imkoniyatlardan oqilona foydalaniş lozim.

Belgilangan mudatlarda tibbiy profilaktika köriklaridan ötib, şifokor tavsiyalariga rioya etgan insonning soğliği mustahkam böladi. Özini ham, özgalarni ham ortiqça ovora qilmaydi. Ayniqsa, el soğliği deb keça-yu kunduz tinim bilmaydigan «tez yordam» xodimlarining asossiz vaqtini olmaydi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimining telegramdagi kanali xabarida.