16 sentabr kuni Kun.uz saytida «Qarşidagi mahalla muammolari yeçim topmadi: öquvçilar bu yil ham loy keçib maktabga qatnaydi(mi?)» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.

Unda Qarşi şahrining «Otçopar» mahallasidagi qator muammolar, xususan elektr simyoğoçlar talab darajasida emasligi yoritilgandi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ uşbu maqola yuzasidan ma'lumotnoma taqdim etdi, unda simyoğoçlarni almaştiriş işlari boşlangani ma'lum qilingan.

«Kun.uz saytida e'lon qilingan «Qarşidagi mahalla muammolari yeçim topmadi: öquvçilar bu yil ham loy keçib maktabga qatnaydi(mi?)» sarlavhali tanqidiy maqola «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan örganildi. Örganiş yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi «2017 - 2021 yillarga möljallangan past kuçlanişli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va yangilaş dasturi töğrisida»gi PQ-2661-sonli hamda 2018 yil 27 iyundagi «Obod mahalla» dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlaş va ularning ijrosini ta'minlaş masalalari töğrisida»gi PQ-3812-sonli qaror talablarini bajariş maqsadida Qaşqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tasarrufdagi mavjud elektr uzatiş tarmoqlarini xatlovdan ötkazgan holda, texnik holatidan kelib çiqib, dasturga kiritilgan hududlardagi ma'nan eskirgan elektr qurilmalarini modernizatsiyalaş va yangilaş işlari olib borilmoqda.

Jumladan, Qarşi şahri «Otçopar» MFY hududida yaşovçi aholi xonadonlarining elektr ta'minotini yaxşilaş maqsadida jamiyatimiz tomonidan 2018 yilda 1 dona yangi quvvati 160 kVA.li transformator punkti örnatilib, 3,5 km elektr uzatiş tarmoği rekonstruksiya qilingan bölsa, 2019 yilda 2 dona quvvati 250 kVA.li yangi transformator punktlari örnatildi. Şuningdek, 110 dona temir-beton ustunlar örnatilib, 7,2 km 0,4-10 kV.li havo elektr uzatiş tarmoği qurildi.

Hozirgi kunda «Otçopar» MFY hududida iste'molçilarning elektr ta'minotini yaxşilaşga qaratilgan işlar davom ettirilmoqda. Jumladan, aholi iste'molçilari tomonidan örnatilgan qölbola (nostandart) ustunlarni örniga yangi temir-beton ustunlar örnatiş va montaj qiliş işlari olib borilmoqda. Mahalla hududida elektr ta'minotini yaxşilaş yuzasidan olib borilayotgan amaliy işlarni belgilangan muddatlarda yakunlaş çoralari körilmoqda.

«Otçopar» MFY aholisining elektr ta'minoti bilan boğliq olib borilayotgan işlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan nazoratga olindi», – deyiladi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma'lumotnomada.