Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Qarşi şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda soliq tölovçilarning mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Departament maʼlumotiga köra, Qarşi şahar soliq inspeksiyasi davlat soliq boş inspektorlari M.A., Ş.T. va boşqalar 97 nafar fuqarodan göyoki soliq qarzdorligini söndiriş maqsadida jami 122,6 mln söm olgan.

Biroq mablağlar soliq tölovçilarning şaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinmasdan, özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi - özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.