Kun.uz tahiriyatiga Qaşqadaryo viloyati, Qarşi şahridagi «Otçopar» mahallasidan murojaat yöllandi.

«Obod mahalla» dasturiga kiritilgan mahallamizda obodlikdan asar ham yöq. Hamma işlar çala va rasvo. Endi yomğir yoğsa yana farzandlarimiz şunday loy köçalarda maktabga qatnaydimi? Bizga şu masalada yordam bering», — deyiladi murojaatda.

Uşbu murojaatni joyida örganib, mavjud muammolarni közdan keçirdik.

Ta'kidlaş joizki, bu mahalladagi holat şu yilning aprel oyida ham örganilgan edi va Kun.uz saytida «Loy köçalar va xavfli simyoğoçlar. Qarşidagi mahallaning muammolariga yeçim bormi?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

«Mahallamizdagi Mustaqillik köçasining 5–22 kvartallari orasidagi yöllar botqoqqa aylandi. Farzandlarimiz uzoqdagi maktabga borib kelişga qiynalişmoqda. Sababi, bu yerda maktab ham, boğça ham yöq. 3–4 kilometr naridagi maktabga qatnaşga majbur. Özimiz yurişga qiynalayotgan bunday botqoq yölda farzandlarimiz qanday yursin? Yana bir muammomiz bu elektr energiyasidir. Simyoğoçlar talabga javob bermaydi. Şu yerdagi aholi pul yiğib, qölbola qilib örnatganmiz», — deya öz e'tirozlarini aytgandi Bekzod Sattorov.

Örganişlar davomida yöllar holati haqiqatan ham açinarli ekaniga guvoh bölgandik, suv va loyga aylangan yöllardan maktabga qatnaydigan bolalar ahvolini his qilgandik.

Şuningdek, simyoğoçlar juda past joylaşgani va aholi uçun xavf tuğdiradigan darajadaligi, bu simyoğoçlarni aholi öz mablağlari hisobiga qölbola qilib örnatib olgani ma'lum bölgan edi.

Qiziği, mahallaning uşbu qismidagi aholi xonadonlari va köçalar ustidan yuqori kuçlanişli elektr energiyasi tarmoği ötgan. Bu umuman mumkin bölmagan holat. Yuqori kuçlanişli elektr energiyasi tarmoği sababli aholi doimo xavfda yaşaşga majbur. Aholiga qanday tartibda, qanday holatda bunday tarzda uy qurişga ruxsat berilgani, yer ajratilgani tuşunarsiz holat. Xavfsizlik talablari umuman hisobga olinmagan.

«Albatta, aholi bildirayotgan e'tirozlar örinli. Yöllar abgorligini körib turibmiz. Ammo mazkur mahalla şu yilgi «Obod mahalla» dasturiga kiritilgan. Dasturda mahallaning 11 kilometr içki yöli ikkinçi çorakkaça muddatda ta'mirlanişi belgilab qöyilgan. Ayni vaqtda yoğingarçilik tufayli yöllarda ta'mirlaş işlarini olib borişning imkoni yöq. Simyoğoçlar va yuqori kuçlanişli elektr tarmoği ostiga uy va yöllar qurilişi masalasiga kelsak, bu holat şaharning avvalgi mutasaddilari aybi bilan yuzaga kelgan. Mumkin bölmagan muhofaza hududidan uy-joy uçun yer ajratib berişgan. Tegişli hujjatlar tayyorlab berilgan. Aholi şu asosida uy-joylar qurişgan. Bunday holatga yöl qöyganlar tegişli javobgarlikka tortilgan. Endi esa butun mahallani köçirişning imkoni yöq», — deya uşbu holatlarga izoh bergandi Qarşi şahar hokimligi quriliş bölimi mutaxassisi.

Mahalladagi xavfli simyoğoçlar va yuqori kuçlanişli elektr tarmoği haqida Qarşi şahar «Elektr ta'minot» korxonasi mutasaddisi Şuhrat Xudoyberdiyev bilan ham suhbatlaşgandik.

«Aholi özlari örnatib olgan simyoğoçlar korxona balansiga olinmagan. Ammo bu muammodan xabarimiz bor. Bu borada tegişli işlar amalga oşirilmoqda. Yuklamani kamaytiriş uçun dastur asosida qöşimça transformator örnatilişi rejalaştirilgan. Simyoğoçlarni almaştiriş çoralari ham köriladi. Yuqori kuçlanişli elektr tarmoğiga kelsak, tegişli tartibda muhofaza hududi yer ajratilişida hisobga olinişi kerak edi. Haqiqatan ham bu holat mumkin emas va xavfsizlik talablariga javob bermaydi», — deya izoh bergandi mutasaddi.

Örganiş davomida Qarşi şahar hokimligi mutasaddilari mahalladagi mavjud muammolarning ijobiy yeçimi böyiça va'dalar berişgandi. Ayrim masalalar manzilli dasturlarga kiritilib, muddatlari belgilangani ma'lum qilingandi.

Afsuski, takroriy murojaat asosida örganiş olib borganimizda berilgan va'dalar va'daligiça qolganiga, mahalladagi mavjud muammolarni hal etiş uçun biror amaliy harakatlar qilinmaganiga guvoh böldik.

Öşa ta'miri çala qolgan köçalar yoğingarçilik kunlari suv va botqoqqa aylanişi muqarrar. Elektr energiyasi va xavfli simyoğoçlar hali ham öşa holatda.

«Obod mahalla» dasturiga kiritilgan mahallada aholining e'tirozlari, norozi kayfiyati, çang köçalar-u talabga javob bermaydigan simyoğoçlardan boşqasini körmaysiz. Obodlik şumi?

Uşbu masala yuzasidan Qarşi şahar hokimining quriliş masalalariga mas'ul örinbosari Uluğbek Avazovdan ham izoh söradik. Mutasaddi muammolarni bartaraf etiş yuzasidan işlar olib borilayotganini ta'kidladi.

Şu örinda ta'kidlaş joizki, Qaşqadaryo viloyatida «Obod qişloq» va «Obod mahhalla» dasturlarini amalga oşirişda yetarliça muammolar borligi közga taşlanmoqda. Bu aynan şu masalalarda tahririyatga yöllanayotgan murojaatlardan ham körinib turibdi.

Kun.uz Qaşqadaryo viloyati, şahar va tumanlar hokimliklari mutasaddilari dasturlar asosida amalga oşirilayotgan loyihalardagi bu kabi muammolarga jiddiy e'tibor qaratişiga işonç bildiradi va lozim bölsa bu mavzuga yana qaytadi.

Bardoşbek SAMAD öğli,
«Kun.uz» muxbiri