Tojikiston taşqi işlar vazirligi Qirğizistonning Tojikistondagi vakiliga ikki davlat çegarasidagi otişma yuzasidan norozilik notasi topşirdi. Bu haqda vazirlikda ma'lum qilindi.

Tojikiston taşqi işlar vazirligining ta'kidlaşiça, Söğd viloyatining Bobojon Ğofurov tumanidagi Bahor qişloğidagi otişmani Qirğiziston boşlagan va voqea joyiga 250-300 harbiyni jalb qilgan.

Duşanbe otişma tojik qişloğining qurollanmagan aholisiga qarşi olib borilganini ta'kidlab, qöşni dvlatni iğvogarlikda ayblagan. 

Ma'lum qilinişiça, mojaro vaqtida Qirğiziston tomonidan bir çegaraçi, Tojikiston tomonidan 3 çegaraçi halok bölgan, har tomondan bir neça kişi yaralangan.

Qirğiziston çegara xizmatining ta'kidlaşiça, Tojikiston birinçi bölib qurol qöllagan va Qirğizistondagi ikkita çegara posti – “Maskat” va “Say” postlarini öqqa tutgan. 

Ma'lumotlarga köra, hodisaga Tojikiston fuqarolari davlat çegarasining belgilanmagan uçastkasida quriliş işlarini boşlaşlari sabab bölgan. Bunga javoban Qirğiziston fuqarosi xuddi öşa joyda uyi atrofiga devor urişni boşlagan.

Qirğiziston va Tojikiston örtasidagi çegara ikki davlatning mahalliy aholisi va çegaraçilari orasida vaqti-vaqti bilan mojaro maydoniga aylanib turadi. Bunga asosiy sabab ikki davlat örtasidan ötuvçi çegarani aniqlab bölmaydigan delimitatsiya qilinmagan hududlar hisoblanadi.