Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida qöşimça çoralar körildi, deb xabar berdi Raqamli hukumat (e-gov.uz) markazining rasmiy kanali.
Qayd qilinişiça, endi OneID tizimida şaxsiy ma’lumotlarni boşqa tizimlarga (bank, moliya, suğurta, telekommunikatsiya va boşqalar) taqdim etiş yoki çeklaş imkoniyati mavjud.
Buning uçun:
- Kompyuter orqali id.egov.uz saytiga öting;
- Tizimda röyxatdan ötmagan bölsangiz, buni bajaring;
- ERI (imzo) yoki Mobile-ID yordamida tizimga kiring;
- «Şaxsga doir ma’lumotlarni boşqariş» bölimida xizmatni faollaştiring;
- Kerakli taşkilot qarşisidagi qulf belgisini oçing yoki yoping.
Agar OneID tizimiga QR-kod orqali kiriş usuli tanlansa, «Şaxsga doir ma’lumotlarni boşqariş» bölimi avtomatik faollaşadi:
- Mobil qurilmada GooglePlay yoki AppStore orqali OneID ilovasini yuklab oling;
- Mobile-ID yoki MyID orqali tezkor avtorizatsiyadan öting;
- Ilovaning quyi qismidagi skanerlaş tugmasini bosing va kompyuter ekranidagi QR-kodni skanerlang.
Ta’kidlanişiça, ma’lumotlarga kirişni çeklaş — bu kiberjinoyatçilikdan himoyalanişning eng samarali usulidir.













