Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasi prezidentining "Özbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida"gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) va Agentlikning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari böyiça vakili örinbosari – ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qiliş böyiça vakil (Media Ombudsman) lavozimini joriy etiş hamda Kotibiyat tuzilmasida çeklangan boşqaruv xodimlari soni 2 tadan iborat Ommaviy axborot vakillari qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qiliş sektorini tuziş böyiça taklifiga rozilik beriladi.

Ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qiliş böyiça vakilning (Media Ombudsman) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini ta'minlaş töğrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining, şuningdek, ommaviy axborot vositalari tomonidan axborot sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilişi masalalarini amaliy röyobga çiqarişni örganiş;

ommaviy axborot vositalari hamda davlat idoralari, jismoniy va yuridik şaxslar örtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgaça hal etişda kömaklaşiş;

ommaviy axborot vositalariga ularning huquqlari poymol etilişi, davlat idoralari tomonidan ular faoliyatiga aralaşiş holatlari böyiça huquqiy yordam körsatiş;

ommaviy axborot vositalari faoliyatining mustaqilligini yanada ta'minlaş, ularning rivojlanişini rağbatlantirişga qaratilgan qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlaş.