Saudiya Arabistoni neft obektlariga hujumlar Yamandan emas, Eron şimolidan uyuştirilgan, dedi qirollik taşqi işlar vaziri Odil al Jubayr.
"Işonçimiz komil, dronlar Yamandan emas, Eron şimolidan uçirilgan", - dedi u jurnalistlarga.
Şu bilan birga u hujum uyuştirilgan joyni aniqlaş böyiça işlar davom etayotganini ta'kidladi.
Avvalroq Yamandagi xusiy isyonçilari Saudiya Arabistoni neft korxonalariga dronlar yordamida hujum qilişganini bildirişgandi. AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo hujumlar Yamandan emas, Erondan uyuştirilganini ma'lum qilgandi.












