Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasining xabariga köra, joriy yilning 11 sentabr kuni tezkor xodimlar tomonidan “Qoradori-2019” tadbiri ötkazilgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi ma'lumotida aytilişiça, tadbir davomida Teleming qişloğida yaşovçi 1973 yilda tuğilgan V.N.ning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, 1 kg. 151 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy aşyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











