Vazirlar Mahkamasining “Qişloq xöjaligi vazirligi tizimida “Oliy maktab”lar faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining taklifiga muvofiq Toşkent davlat agrar universiteti akademik litseyi hamda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi tizimiga ötkazilayotgan qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy ta'lim tizimi bilan integratsiyalaşgan oliy maktablar taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.
Quyidagilar Oliy maktablarning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2030 yillargaça möljallangan strategiyasida soha va uning tarmoqlarida yaqin istiqbolda va kelajakda amalga oşiriladigan vazifalar, joriy qilinadigan zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda nazariy bilim va amaliy könikmalarni puxta egallagan malakali va raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş;
ilğor xorijiy tajriba hamda professional ta'lim tizimi oldiga qöyilayotgan vazifalar asosida öquvçilarni innovatsion va yangiça fikrlaşga yönaltiradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalangan holda sifat jihatdan yangi ta'lim standartlari, dasturlar va öquv rejalarni, öquvçilarning mustaqil izlanişini ta'minlovçi mexanizmlarni keng joriy etiş;
qişloq xöjaligi va uning tarmoqlari uçun kadrlar tayyorlaşning uzviy tizimini yaratiş, Oliy maktab hamda Toşkent davlat agrar universiteti va uning filiallari örtasida ta'lim dasturlarining uzluksizligi va izçilligini ta'minlaş;
xalqaro tasniflagiçni kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta'lim dasturlarini tamomlagan kamida umumiy örta ma'lumotga ega bölgan şaxslar hisobidan şakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib çiqqan holda ikki yildan kam bölmagan muddatda kunduzgi, keçki va sirtqi ta'lim şakllarida davlat buyurtmasi hamda tölov kontrakt asosida öqitiş;
öquv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalaş, fan dasturlarida qişloq xöjaligini raqamlaştiriş, soha böyiça zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilğor texnologiyalar böyiça nazariy bilim, könikma va malakalarni şakllantiriş;
xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida professor-öqituvçilar va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oşiriş va stajirovkalarini taşkil etiş;
professor-öqituvçilar, ilmiy-tadqiqotçilar, iqtidorli öquvçilarning innovatsion texnologiyalarni yaratiş hamda joriy etiş borasidagi taşabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oşiriş mulkçilik şaklidan qat'iy nazar qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, saqlaş, qayta işlaş va logistikasi bilan şuğullanuvçi xöjalik yurituvçi sub'yektlarga axborot-maslahat (extension) xizmatlarini körsatiş;
tanlab olingan kasb-hunar böyiça bir yoki bir neça ixtisoslikni egallaş jarayonida öquvçilarning kasbiy layoqat, könikma va malakalarini rivojlantiriş, ilğor texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan xöjalik sub'yektlariga ularning amaliyotlarini taşkil qiliş;
örta maxsus, kasb-hunar ta'limi darajasida kunduzgi, keçki va sirtqi ta'lim şakllarida oliy ta'limning bakalavriat ta'lim yönalişlari bilan integratsiyalaşgan kiçik bakalavrlar (associate degree) tayyorlaş;
fan, ta'lim va işlab çiqarişning samarali integratsiyalaşuvini ta'minlaş;
öquvçilarni vatanparvarlik va fidoyilikni şakllantiruvçi milliy özlikni anglaş, xalqning milliy madaniy tarixiy an'analariga hurmat, vatan bilan ğururlaniş ruhida tarbiyalaş;
soğlom turmuş tarzi me'yorlarini tatbiq qiliş, ta'lim-tarbiya jarayonini soğlomlaştiriş uçun şaroitlar yaratiş.
Belgilanişiça:
Oliy maktablarga Xalqaro tasniflagiç böyiça asosiy ta'lim dasturlaridan taşqari quyi darajadagi ta'lim dasturlari böyiça kadrlar tayyorlaş huquqi beriladi;
Kiçik bakalavr (Associate degree) ta'lim dasturlarini tamomlagan bitiruvçilar 2023/2024 öquv yilidan boşlab mos bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça Oliy maktabni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvçilar, kiriş sinovlarisiz suhbat ötkaziş orqali bakalavrlar tayyorlaşning maxsus uç yillik dasturi böyiça va öqiş tugaganidan söng taqsimotga muvofiq uç yil davomida uzluksiz işlab beriş majburiyatini olgan holda Toşkent davlat agrar universiteti va uning filiallariga öqişga kiriş huquqiga ega böladi;
Oliy maktab Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligining yuridik şaxs maqomiga ega bölgan tarkibiy bölinmasi hisoblanib, Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tuşirilgan va öz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ğaznaçiligida zarur şaxsiy hisob varaqlariga ega böladi;
Oliy maktablar direktorlari Toşkent davlat agrar universiteti tavsiyasiga köra Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan tayinlanadi.
Öquvçilarni qabul qiliş parametrlari 2020/2021 öquv yilidan boşlab kadrlar buyurtmaçilari bölgan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, xöjalik birlaşmalari, yirik korxonalar takliflari asosida Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi.
Oliy maktabning faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari;
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi;
Öquvçilarni tölov-kontrakt asosida öqitişdan tuşadigan mablağlar;
Yirik iş beruvçilar hamda buyurtmaçilarning budjetdan taşqari mablağlari;
xalqaro moliya institutlarining mablağlari;
xöjalik faoliyatidan va şartnoma asosida xizmatlar körsatişdan tuşadigan tuşumlar;
jismoniy va yuridik şaxslarning xomiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.












