Özbekistonning Vladivostok şahridagi (Rossiya) Boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, 2020 yilda Primore ölkasi hududida patent asosida işlaydigan çet ellik işçilardan transport sohasida foydalanişga taqiq qöyiladi. Tegişli qaror gubernator Oleg Kojyemyako tomonidan 2019 yil 12 sentabr kuni imzolandi.

Hujjatga köra, çet ellik fuqarolarning şahar içida va şahar atrofiga qatnaydigan avtobuslar, tramvay, trolleybus va taksi haydovçisi sifatida işlaşlari taqiqlanadi. Sayyohlik va ekskursiya yönalişlari böyiça faoliyat yuritadigan ijaraga olingan avtobus haydovçilari bundan mustasno.

Şu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Rossiya hududida bölib turgan va Primore ölkasiga borişni rejalaştirayotgan fuqarolarga yuqorida körsatilgan taqiqlarni hisobga olişlarini söragan.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugi (Amur oblasti, Kamçatka ölkasi, Magadan oblasti, Primore ölkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk ölkasi, Çukotka avtonom okrugi) hududidagi Özbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Vladivostok şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatadi: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.