23 sentyab kuni Toşkentdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Saudiya Arabistoni Podşohligi Milliy kunining 89 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi.

Podşohlikning Özbekistondagi elçixonasi tomonidan taşkil qilingan mazkur tadbirda Özbekiston Boş vaziri örinbosari – moliya vaziri Jamşid Qöçqorov, önlab davlat elçixonalari vakillari va boşqa mehmonlar iştirok etdi.

Tadbirda Saudiya Arabistonining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Hişom bin Miş'al bin Suvaylim Ol Suvaylim sözga çiqib, Saudiya Arabistoni Podşohligi e'lon qilingan kun va mamlakatda bugungi kunga qadar amalga oşirilgan özgarişlar haqida gapirdi.

«Podşohlik öz hududlari birlaştirilganidan keyin Islom dini tamoyillaridan kelib çiqib, xalqaro munosabatlarda mö'tadillik, boşqa davlatlar işlariga aralaşmaslik, tamoyillariga asoslangan siyosat yuritdi, Ikki muqaddas masjidga xizmat qilişni öz zimmasiga oldi, ziyoratçilar, umraçilar va hojilar öz amallarini emin-erkin ado etişi uçun barça şaroitlarni yaratib berdi.

Podşohlik 2016 yilda «2030 yilga Saudiya Arabistonining nazari» nomli iqtisodiy islohotlar va taraqqiyotning keng kölamli rejasini e'lon qildi. Bu yilgi milliy kun «Yuksaliş yölida sa'y - harakat» şiori ostida nişonlanmoqda. U Podşohlikni kuçli rahbariyat bilan taraqqiyotning yuqori darajasiga olib çiqqan milliy birlikni aks ettiradi», dedi u.

Hişom bin Miş'al bin Suvaylim Ol-Suvaylim şuningdek, Özbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni podşohligi örtasidagi aloqalarning bugungi holatiga ham töxtalib ötdi. 

Jumladan, «Saudiya Arabistoni podşohligi va qardoş Özbekiston Respublikasi örtasidagi aloqalar 1992 yilda örnatilgandan beri öziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yil mazkur aloqalar örnatilganiga 28 yil töldi.

Özaro aloqalarimiz davomida ikki mamlakat rahbarlari va yuqori darajadagi mas'ullar örtasida qator taşriflar amalga oşirildi va uçraşuvlar ötkazildi, bir qator bitimlar imzolandi, turli sohalarda özaro aloqalar yölga qöyildi. Şuningdek, ikki mamlakat va birodar xalqni birlaştirib turadigan umumiyliklar köp bölib, ularning orasida din va tarix muştarakligi hamda quda-andaçilik riştalari alohida ajralib turadi», deya elçining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bayramona tadbir davomida mehmonlarga Saudiya Arabistoni milliy taomlari tortiq qilindi.