Italiyalik maktab öquvçilari şvetsiyalik Greta Tunbergning "Juma kelajak uçun" ekologik taşabbusi doirasida miting va namoyişlar ötkazmoqda, aksiya mamlakatning 160ta şahrida ötkazilmoqda. Bu haqda mazkur aksiya taşkilotçilari xabar berdi.
Italiya poytaxtida maktab öquvçilari va talabalar Respublika maydoniga yiğilişdi. Taşkilotçilarning sözlariga köra, ekologik namoyişlarda 200 mingga yaqin öquvçi va talabalar iştirok etmoqda.
Butun Italiya böyiça esa milliondan ortiq kişi qatnaşayotganligi xabar qilinmoqda.
Italiyada şu yilning 15 marti va 24 mayida ham xuddi şunday aksiyalar bölib ötgandi.












