Xitoyning Guandun provinsiyasi politsiyasi qarta öyinida yutqazib qöygan va xotinidan pul oliş uçun özining öğirlanişini uyuştirgan erkakni qölga oldi. Bu haqda Beijing News gazetasi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, voqea Çjunşan şahar okrugida yuz bergan. 

Xuan ismli erkak bor pulini qarta öyinida yutqazib qöyadi va bu yöqotişni xotinining puli evaziga qoplaş uçun özining öğirlanişini uyuştiradi. "Öğirlaniş" haqiqiydek çiqişi uçun u oyoq-qöllarini boğlab, oğziga tasma yopiştiradi. Söngra pul talab qilib özining video va suratlarini xotiniga jönatadi.  

Vahimaga tuşgan ayol darhol politsiyaga xabar beradi. Politsiya suriştiruv ötkazib, "öğirlab ketilgan" erkakni hibsga oldi. U öz öğirlanişini uyuştirganiga iqror böldi va 10 kunga ma'muriy qamoq hamda 500 yuan jarima tölaşga hukm qilindi.