Qirğiziston Rossiyadan şaxsiy pul jönatmalariga qöyilgan çeklov miqdorini oşirişni söradi. Bu haqda Qirğizistonning Rossiyadagi elçisi Alikbek Jyekşenkulov ma'lum qildi.
"26 sentabr kuni Rossiya taşqi işlar vazirligida bölib, pul jönatmalarini çeklaş töğrisidagi masalani örtaga taşladik", - dedi Jyekşenkulov.
Ma'lum qilinişiça, çeklovlar tufayli bu yil Rossiyadan Qirğizistonga pul jönatmalari hajmi kamaygan.
"Joriy yilning yetti oyi içida Rossiyadan Qirğizistonga 1 milliard 324 million dollar ötkazilgan. Ötgan yillarning şu vaqti davomida qariyb 2 milliard dollar ötkazilgan. Ekspertlarning fikriça, çeklovlar sababli şunday bölgan", - deyiladi elçixona tomonidan.
Şu yilning aprelida Rossiya tölov tizimlari Rossiyadan Xitoy, Qirğiziston va Vetnamga pul jönatmalariga çeklov joriy etdi. Rossiya hukumati buni noqonuniy moliyaviy operatsiyalarga qarşi kuraşiş deb izohladi.
Çeklovga köra, bu mamlakatlarga bir marta yoki 30 kun davomida bölib-bölib 100 ming rubl pul jönatiş mumkin.












