“Tolibon” harakati jangarilari Afğonistonning Parvon viloyatidagi saylovlar vaqtida saylov komissiyasi a'zolari va kuzatuvçilarni öğirlab ketişdi. Jami 15 kişi öğirlangan. Bu haqda Ariana News naşri xabar berdi.  

Naşr xabarni berişda Afğoniston mustaqil saylov komissiyasining Parvon viloyatidagi markazi rahbari Abdulqahhor Vahob Sofiyga iqtibos keltirgan. “Jangarilar saylov komissiyasining 7 xodimini, komissiyaning saylovlardagi şikoyatlar böyiça a'zosi va 7 kuzatuvçini öğirlab ketişdi”, deb ma'lum qilgan Sofiy. 

Bu vaqtda viloyat gubernatori matbuot kotibi Vohid Şahkar saylov komissiyasining 8 xodimi saylov uçastkalaridan uylariga qaytayotganlarida öğirlab ketilganlarini ma'lum qilgan.

Uning aytişiça, qabilalar oqsoqollari öğirlanganlarni ozod qilişda vositaçilik qilişmoqda. “Agar toliblar uşbu şaxslarni ozod qilişdan boş torsa, hukumat harbiy kuç qöllaydi”, deb aytgan Şahkar.

28 sentyabrda Afğonistonda prezident saylovlari bölib ötdi. Unda 15 nomzod iştirok etdi. Saylovlarning dastlabki natijalari haqida hali ma'lumot berilmadi.

“Tolibon” saylov markazlari, saylov komissiyalari xodimlari va huquq-tartibot idoralariga hujum qilib, saylovlarni töxtatiş bilan tahdid qilgandi.