AQŞ prezidenti Donald Tramp Federal zaxira tizimini (FZT) dollar narxi oşib ketişiga olib kelgan qaror qabul qilişda, natijada dollar boşqa valutalarga nisbatan noraqobatbardoş bölib qolganligida aybladi.

"Taxmin qilganimdek, Jyey Pauell va Federal zaxira tizimi dollarning boşqa valutalarga nisbatan öta kuçayib ketişiga yöl qöyişdi, natijada bizning işlab çiqaruvçilarimiz buning salbiy ta'sirini özlarida his qilişmoqda", – deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Seşanba kuni dollar kursi jahondagi asosiy valutalarga nisbatan ösdi.  

Uşbu haftada FZT vakillari, jumladan, tizim raisi Jyerom Pauellning çiqiş qilişi kutilmoqda.

FTZ 17-18 sentabr kungi yiğiliş yakuniga köra bazaviy foiz stavkasini yillik 2-2,25 foizdan 1,75-2 foizgaça tuşirdi.