AQŞ – Eron munosabatlari bir yildan ortiqroq vaqtdan buyon töxtovsiz keskinlaşib boryapti. Sentyabrda Saudiya Arabistoni neft bazalariga uyuştirilgan hujumdan keyin vaziyat yana qaltislaşdi. Har galgidek, bu yangi mojaro ham dunyo jamoatçiligini tomonlar qaçondir oçiq harbiy intervensiyaga ötişlari mumkinligi haqida fikr yuritişga undadi.

Avvalo aytiş joizki, Vaşington-Tehron munosabatlari harbiy nizoga aylangan taqdirda ham, bu – Eronning taşabbusi bilan röy berişi ehtimoli ança past. Boisi kuçlar nisbatida katta ustunlik AQŞ tomonida. Harbiy mojaro Eron iqtisodiyoti, aholisi va turgan gapki, hukumati uçun katta zarba böladi.

Şunga qaramay ziddiyat bundan keyin ham kuçaya borişini kutiş mumkin. Duşmanlik kayfiyatidagi tomonlarda nizolarni tezda hal etiş uçun aloqa kanallarining yöqligi va Eron qurolli kuçlarida vaziyat keskinlaşgan paytda hujum boşlab yuboriş uçun katta motiv borligini unutmaslik lozim.

Eron Amerikaning an'anaviy harbiy ustunliklarini töla-tökis bilgani holda, önlab yillardan buyon bunga qarama-qarşi yönalişda iş olib boryapti. Ya'ni forslar soxta harbiy bölinmalar, ballistik raketalar, dengizni minalaştiriş va tezkor hujum samolyotlariga umid boğlaydi. Ular AQŞning Fors körfazi atrofi va boşqa muhim nuqtalardagi tayanç kuçlari, eng muhim energetika tarmoqlariga jiddiy xavf tuğdira oladi.

Şunga qaramay, forslarning bu kuç va taktikalari duşmanning qudratini sindira olmasligi tayin. Bu harbiy kuçlarning öziga AQŞ tomonidan zarba berilgan taqdirda, ular bu zarbalar qarşisida ojiz qolişini Tehron yaxşi tuşunadi.

Stratfor geopolitika portali bu haqdagi maqolasida AQŞ va Eronning Yaqin Şarqdagi eng asosiy harbiy bazalari körsatilgan suratni ilova qilgan. Suratda sariqlar nuqtalar – AQŞ harbiy floti, qizil – AQŞ armiyasi, binafşarang – AQŞ harbiy-havo kuçlarining joylaşuvini anglatadi. Kök rangda esa – Eron harbiy floti, yaşil – Eron armiyasi, oç yaşil – Eron harbiy-havo floti.

Misol uçun, forslarning Örmuz böğozini tösib qöyiş bilan tahdid qilişiga islom inqilobi soqçilari korpusining harbiy flotlari asos böladi. Bu korpus ixtiyorida mina taşuvçi samolyotlar, boşqariluvçi raketa va suvosti snaryadlari (torpedolar)ni taşuvçi qayiqlar, qurolli tezyurar kemalar va sohilda kemalar hujumiga qarşi qanotli raketa batareyalari bor.

Ammo, bu qurollarning aksariyati portlarda yoki harbiy bazalarda turgan paytda AQŞning doimiy nişonida bölib turadi. Ular harbiy mojaro boşlanmasidan oldin öz joylaşuvlarini özgartirişga ulgurgan bölsa ham, baribir Amerika va uning ittifoqdoşlarining harbiy-havo kuçlari tomonidan yöq qilinişi riski ostida böladi.

Boşqaça aytganda, Eron özi xohlaganiça kenglikdagi hududlarni minalaştirib taşlaşi, Örmuz böğozida qölidan kelganiça va ulgurganiça duşmanga şikast yetkazişi mumkin, lekin forslarning bu qobiliyati Vaşington va uning ittifoqdoşlari tomonidan tezda çeklab qöyiladi.

Eronning ballistik raketalari haqida ham şunday deyiş mumkin. Forslar bu tipdagi raketalar bilan Amerikaning mintaqadagi harbiy bazalari va energiya infrastrukturasiga zarba bera oladi. Biroq, yuqorida ta'kidlanganidek, agar Tehron harbiy harakatlar boşlangaç tez vaqt içida bu raketalaridan foydalanib qolmasa, AQŞ kuçlari ularni turgan joyida vayron qilişini kutiş mumkin.

Şu boisdan ham, Eron qarşisida rosmanasiga «yo qurolingdan foydalan, yoki qurolsiz qol» dilemmasi turadi.

Xulosa qilib aytganda, AQŞ oylar davomidagi hujumlari bilan Eronni butkul qurolsizlantira olmasligi mumkin, lekin Tehron özining qisman ustunligi sanaluvçi qurollaridan, ayniqsa boşqariluvçi raketalari va dengiz kuçlaridan duşmanga zarba beriş uçun foydalanişni qançalik uzoq vaqt ortga suraversa, AQŞ bu qurollarni ular otilmay turib yöq qilişi riski ham şunçalik oşib boraveradi.