JÇ-2022 saralaşidan örin olgan Özbekiston — Yaman öyini uçun çiptalar sotuvga çiqarildi. Bu haqda ÖFA rasmiy sayti yozmoqda.
Manbada aytilişiça, muxlislarga qulaylik yaratiş va çiptalar olib-sotarlarning qöliga çiqib ketişining oldini oliş maqsadida çiptalarni iticket.uz saytida sotiş taşkil qilingan. Yamanga qarşi öyinga çiptalar savdosini töliq iticket.uz sayti olib boradi.
Özbekiston — Yaman öyini uçun çiqarilgan çiptalarni iticket.uz saytida, şuningdek, «Humo arena», «Samarqand darvoza» va «Compass» savdo majmualarida xarid qiliş mumkin.
Çiptalar uç xil toifada çiqarilgan:
1-toifa: 35 ming söm;
2-toifa: 25 ming söm;
SIP: 75 ming söm.
Bir kişi köpi bilan 5 dona çipta sotib olişi mumkin.
Özbekiston hamda Yaman milliy jamoalari örtasidagi öyin 10 oktabr kuni soat 17:00 da Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida ötkaziladi.












